Poytaxtimizda investitsion loyihalarni moliyalashtirishda «Asaka» aksiyadorlik tijorat bankining o‘rniga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

«Asaka» banki bugungi kunda 1,9 million nafardan ziyod mijozga xizmat ko‘rsatmoqda. Ular orasida iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida faoliyat yuritayotgan korxona, tashkilot, birlashmalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hamda jismoniy shaxslar bor.

Matbuot anjumanida bank mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga o‘z hissasini qo‘shayotgani qayd etildi. Avtomobilsozlik, kon-metallurgiya, neft-gaz, kimyo, energetika, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoati, transport, qurilish va boshqa tarmoqlarning investitsiya loyihalari faol moliyalashtirilmoqda.

Bankning investitsiya loyihalarni moliyalashtirish darajasi yildan-yilga oshib bormoqda. Xususan, 2012-yilda 40 milliard so‘m ajratilib, olti mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan bo‘lsa, o‘tgan yilda 1 trillion 380 milliard so‘m miqdorida kredit yo‘naltirilib, 14,5 mingdan ziyod ish o‘rni ochildi.

– Eng asosiysi, investitsiyalar yuqori texnologiyalarni talab etadigan zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil etish, axborot-kommunikatsiya tizimi, biotexnologiya va boshqa ilg‘or ilm-fan yutuqlariga asoslangan loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilmoqda, – deydi bankning loyihalarni moliyalashtirish departamenti bo‘lim boshlig‘i Sherzod Soliyev. – Jumladan, «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatida ammiak va karbamid ishlab chiqarish kompleksini hamda PVX, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish bazasini tashkil etish uchun, «O‘zAvto Austem» qo‘shma korxonasiga avtomobillarga ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni kengaytirish uchun, «Baraka omuxta yem» jamiyatiga omuxta yem ishlab chiqarishga mo‘ljallangan uskunalar olish bo‘yicha va boshqa bir qator investitsiya loyihalari moliyalashtirildi.

Joriy yilda «Asaka» banki investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga 1,66 trillion so‘m miqdorida kredit ajratishi rejalashtirilgan. Yanvar-fevral oylarida turli sohalarga to‘rt yuz milliard so‘m yo‘naltirildi.

Ta’kidlash joizki, bank investitsiya loyihalarini o‘z mablag‘lari va jalb etilgan kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirmoqda. Xususan, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan meva-sabzavotchilikni rivojlantirish yo‘nalishidagi 11 ta investitsiya loyihasiga qariyb olti million dollar yo‘naltirildi. Xitoy eksport-import banki kredit liniyasi mablag‘lari hisobidan 3,1 million dollar miqdoridagi loyihalar moliyalashtirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank ko‘magida yangi investitsion loyihalar