Gul va ayol. Bu tushunchalar mazmunan bir-biriga o‘xshash va uyg‘undir. Ayol – nafislik va go‘zallik ramzi, gul – obodlik va farovonlik belgisi.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramida gulgun chehrasidan nur yog‘ilib turgan ayollarimizga sovg‘a qilinadigan eng yaxshi tuhfa – gul, deb hisoblaydi yangiyo‘llik bog‘bon Alisher aka.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Navbahor qishlog‘ida yashovchi Alisher Do‘ltaboyev xonadoni gulchilar oilasi sifatida mashhur. Yurtimiz va xorij mamlakatlarida o‘sadigan eng noyob gul turlarini shu yerdan topasiz.

– Voy-bo‘, gullaringizni ko‘pligini, muncha chiroyli, – deya hayajonimni yashirolmadim.

– Ota-ona farzandini qanchalik suyib parvarishlasa, men ham gullarimga bor mehrimni bag‘ishlayman, – dedi Alisher aka va bizni issiqxona tomon boshladi.

Gulxonaga kirarkanmiz, uning muattar ifori dimoqqa uriladi. Go‘zallikdan hayratga tushasiz. Atrofga nazar tashlab, bir dona gulning ildiz otib, avj olishi uchun qancha mashaqqatli mehnat talab etishini his qilasiz. Alisher aka gullarni oralab, ohista yurar ekan, ularning har biriga erinmay ta’rif beradi. Beixtiyor yashil maydon jozibasiga maftun bo‘lib, serquyosh zaminimizning bebaho saxovati, mo‘jizakor qudratiga tahsin o‘qiysiz. Gul bor joyda ozodalik, iliqlik, mehr-oqibat, quvonchu shodlik, baraka hukm suradi. Uni yetishtirish hadisini olgan Alisher aka odamlar qalbiga quvonch ulashish bilan birga, ro‘zg‘orini ham obod etmoqda.

– Inson qanday kasb bilan shug‘ullanmasin, unga mehr bermasa, shu ishni sevmasa, hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmaydi, – deydi tadbirkor. – Ko‘pchilik gulchilik bilan shug‘ullanasizmi, deb taajjublanib so‘raydi. Ha, nima qilibdi? Gullar bilan tillashaman, har kuni ertalab ular bilan salomlashaman, bu sohaning sir-asrorlarini yaxshi bilaman. Gul ham mehrimni, shirin so‘zimni his qilib, yashnayotgandek tuyuladi. Gulxonaga kirsam, barcha tashvishlarim unut bo‘lib, bir zumda qalbim ravshan tortadi, charchoqlarim yoziladi. Eng muhimi, biz yetishtirayotgan gullar minglab xonadonlarga xursandchilik olib kirmoqda, bayramlarda ayollarimizning guldek nozik ko‘nglini tog‘day ko‘tarmoqda. Ozmi-ko‘pmi, go‘zallikka hissa qo‘shayotganimdan baxtiyorman.

Suhbatimiz qizigan chog‘da qo‘shni mahallada yashovchi Sayyora kirib keldi. U “Vashington palmasi”ning sal “mazasi” bo‘lmayotgani uchun ustozi Alisher akadan maslahat olgani kelibdi.

– Yangiyo‘llik hech bir gulchi yo‘qki, Alisher akaning gul parvarishlash bo‘yicha ilmini olmagan bo‘lsa, – deydi Sayyora Boboyeva. – Bemor og‘rib qolsa, shifokorga murojaat qilganidek, gullarimizning “mazasi” bo‘lmasa, darrov Alisher akanikiga “yuguramiz”. Bu kishini qishlog‘imizda “gul do‘xtiri”, deyishadi. Men mahalladagi maktabda boshlang‘ich sinflarga saboq berish bilan birga bo‘sh vaqtimda gulchilik bilan shug‘ullanaman. Noyob gul turlarini ko‘paytirish jonu dilim. Hovlimizda gul ko‘chatlarini yetishtirish barobarida o‘zim faoliyat yuritayotgan maktab, sinfni ham gulxonaga aylantirganman.

Ishni 2 sotixlik issiqxonaga noyob gul turlarini ekishdan boshlagan tadbirkor Alisher akaning hozirgi kunda 20 sotixlik gulxonasi bor. Bu yerda 50 dan ziyod tropik gul navlarini uchratish mumkin. Ular orasida Gollandiya va Xitoydan keltirilgan noyob navlar ham bor.

Alisher Do‘ltaboyev o‘z ishini farzandiga, agrar sohada tahsil olayotgan Ilhomjonga astoydil o‘rgatmoqda. Yorug‘lik yetishmasligi, havoning o‘ta yuqori haroratliligi va yetarlicha sug‘orilmasligi gulning pastki barglari qurishi va to‘kilishiga olib keladi. Ularning tez so‘lib qolishi o‘simlikning o‘g‘itga muhtojligi, quyosh nuri, xona havosida namlik yetishmayotgani, haddan ortiq issiq harorat tufaylidir. Gul barglari uchining sarg‘ayishi kalsiy yetishmasligi, yetarlicha sug‘ormaslik oqibatida kelib chiqadi. Barglarning burishib qolishi o‘simlikning haddan ortiq sovuqda qolib ketganini bildiradi.

– Bu mitti tuvakchalarda ekilgan gullar “Anyuta ko‘zchalari”, olimlar tilida “Viola” ham deb ataladi, – deydi Alisher aka gulxonaning bir qismida o‘sayotgan gullarni ko‘rsatib. – “Vashington palmasi” eng sevimli gulim, lekin juda ta’bi nozik, injiqqina gul, bular esa “Xitoy atirgullari”, “Moskva pelargoniyasi”, giatsint, margaritka... Mana bu chiroyli geranlarga qarang, uning navlari juda ko‘p, bilsangiz, bu gullardan ayrimlarining yog‘idan qimmatbaho atir ishlab chiqariladi. Begoniyani aytmaysizmi, uning yangi navini yaratdik, juda serhosil ekan. Aloeniku gapirmasam ham bo‘ladi, uni yaxshi bilasiz 10-15 turi bor...

Gullar nafaqat chiroy beruvchi vosita, balki shifobaxshlik xususiyatiga ham ega. Dorivor gullar davolash yoki profilaktika maqsadlarida tibbiyotda, kosmetologiya va veterinariyada qo‘llaniladi. Masalan, aloe – madaniy dorivor o‘simlik. Barglaridan yiringli yaralarni, terining yallig‘langan joylarini davolaydigan shira olinadi. Undan oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yaralari, o‘pka sili va boshqalarni davolashda ham foydalanish mumkin. Marvaridgulning barg va gullaridan tayyorlangan ekstrakt bilan yurak kasalliklari davolanadi. Moychechak gulbarglaridan tayyorlangan nastoyka shamollashga qarshi antiseptik, ichaklar spazmasida og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Atirgul gulbarglari bilan shakardan gulqand tayyorlanadi. Jasmin, atirgul, lola gullarining vitaminga boy qismlari kosmetologiyada keng qo‘llaniladi.

Gulchilik – san’at, shu bilan birga, daromad manbai ham. Alisher aka gul do‘koni ochish uchun biznes-reja tuzib, bankdan kredit olmoqchi. Alohida do‘koni bo‘lsa, gulga ixlosi baland uch-to‘rt kollej bitiruvchisini ham ish bilan ta’minlaydi.

Hayotining mazmunini gul yetishtirish, go‘zallik yaratish, insonlarga ezgulik ulashish deb bilgan Alisher Do‘ltaboyev kabi go‘zallikka oshno insonlar mehnati, fidokorligi bilan yurtimiz yanada obod va ko‘rkam bo‘lib boraveradi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ayol va gul: go‘zallik va nafosat ramzi