O‘zA O`zbek

01.09.2018 09:42 Chop etish versiyasi

Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar

Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat koʻrsatayotgan “OʻzMinda” xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona avtomobillaruchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaradi.

Korxonada “GM Uzbekistan” zavodida ishlab chiqarilayotgan “Cobalt”, “Nexia 3”, “Damas”, “Matiz”, “Gentra” rusumli avtomashinalar uchun spidometr, eshik dastasi, qulf, soat kabi 30 turdagi zarur detallar tayyorlanmoqda. 90 nafardan ortiq ishchi-xodimning aksariyati kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlardir.

10.jpg

– Istiqbolli loyihalarni amaliyotga tatbiq etish borasida olib borilayotgan izlanishlar yaxshi samara bermoqda, – deydi direktor oʻrinbosari Telman Rajabov. – Joriy yilning toʻrtinchi choragida boʻyoqlash liniyasini ishga tushirish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2019 yilda avtomobillar uchun magnitola ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

Siroj Aslonov (surat), OʻzA
4 031