O‘zA O`zbek

28.10.2019 Chop etish versiyasi

Auksion orqali koʻplab fuqarolarimiz yakka tartibda uy-joy qurish huquqini qoʻlga kiritishdi

Auksion orqali koʻplab fuqarolarimiz yakka tartibda uy-joy qurish huquqini qoʻlga kiritishdi


Tadbirkor va investorlar uchun oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarini hamda boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.

Yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qoʻyilgan obyektlar xususidagi yangiliklar www.e-auksion.uz va www.uza.uz saytlari orqali maʼlum qilib borilmoqda.

Xususan, joriy yil 21-25 oktyabr holatiga koʻra, elektron-auksion orqali koʻplab fuqarolarimiz yakka tartibda uy-joy qurish huquqini qoʻlga kiritdi...

YAKKA TARTIBDA UY-JOY QURISH UCHUN

Hafta davomida jami 13 ta boshlangʻich narxi 32,8 mln. soʻmlik yakka tartibda uy-joy qurish huquqi 49,8 mln. soʻmga sotildi.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga 171 ta – boshlangʻich narxi 1 mlrd. 213 mln. soʻmlik yakka tartibda uy-joy qurish huquqi bilan elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

BOSHLANGʻICH NARXI 1 SOʻM QIYMATDAGI BOʻSh BINOLAR

Hafta davomida 20 ta boshlangʻich bahosi 1 soʻm qiymatidagi boʻsh turgan davlat binolari realizatsiya qilish uchun savdoga chiqarilgan.

Shuningdek, boshlangʻich narxi 1 soʻm qiymatdagi 12 ta binolar 124 mln. soʻm qiymatida sotilgan.

Boʻlib oʻtgan auksion yakunlariga koʻra, gʻolib ishtirokchilar 4 mlrd. 640 mln. soʻm miqdorida investitsiya kiritish hamda 89 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish majburiyatlarini oʻz zimmasiga olgan.

Hozirgi vaqtda auksionda boshlangʻich bahosi 1 soʻm boʻlgan 179 ta boʻsh turgan davlat binolari turibdi.

DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISH

Hafta davomida 135 ta davlat mulki 608 mln. soʻm qiymatida ijara berish uchun savdoga chiqarilgan hamda boshlangʻich ijara qiymati 570 mln. soʻm boʻlgan 89 ta davlat mulki 745 mln. soʻmga sotilgan.

YER UCHASTKALARIGA BOʻLGAN HUQUQ

Yer resurslari boʻyicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 101 ta – boshlangʻich narxi 499,3 mln. soʻmlik yer uchastkalariga boʻlgan huquq 42 mlrd. 805 mln. soʻmlik investitsiya kiritish va 430 ga yaqin yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 1 mlrd. 689,9 mln. soʻmga sotildi.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida 3 702 ta – boshlangʻich narxi 106 mrld. 535,9 mln. soʻmlik boʻsh yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

DARYO OʻZANLARI TOZALASH XUQUQI

Hafta davomida 1 ta Daryo oʻzanlari tozalash loyihalari 105,3 mln. soʻmga sotildi.

Shu bilan birga, jami 3 ta – boshlangʻich narxi 1 mrld. 428 mln. soʻmlik, daryo oʻzanlarini tozalash loyihalari elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 46 ta – boshlangʻich narxi 14 mlrd. 620 mln. soʻmlik daryo oʻzanlarini tozalash loyihalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

METALL QAZIB OLISH XUQUQI

Hafta davomida jami 3 ta qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi 24,7 mln. soʻmga sotildi.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 8 ta – boshlangʻich narxi 60 mln. soʻmlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi bilan elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

SUD HUJJATLARINI IJRO ETISH BOʻYICHA

Sud hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha joriy haftada 126 ta – boshlangʻich narxi 111 mlrd. 018,2 mln. soʻmlik obyektlar onlay-auksionga chiqarildi.

Ushbu hafta davomida 45 ta boshlangʻich narxi 6 mlrd. 956,8 mln. soʻm boʻlgan obyekt 7 mlrd. 224,1 mln.soʻmga sotildi.

ONLAYN-AUKSIONDA HAMMA QATNASHISHI MUMKINMI?

“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulkni sotib olish, ijaraga olishdan tashqari, oʻz mol-mulkini sotuvga qoʻyishi ham mumkin.

Onlayn-auksion ishtirokchisiga aylanish tartibi juda oson, buning uchun www.e-auksion.uz saytiga tashrif buyuring va roʻyxatdan oʻting. Oʻzingizni qiziqtirgan obyektni (LOT) tanlang va ariza bering. Soʻng, toʻlovlarni bank orqali va elektron toʻlov tizimlari (Payme, Click va boshq.) orqali amalga oshirib, real vaqt rejimida onlayn-auksionda ishtirok eting.

“Elektron onlayn-auksionlarni
tashkil etish markazi” DUK PR xizmati


2 317
OʻzA