Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.08.2017 18:45 Chop etish versiyasi

Asalxon – tanlov g‘olibi

Gulistonda o‘tkazilgan “Ishbilarmon ayol – 2017” ko‘rik-tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichida Oqoltin tumanidagi “Sanjar-Alimardon-Umid” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari Asalxon Davronova g‘olib, deb topildi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi, viloyat Fermerlar kengashi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tanlovda 11 nafar faol va tashabbuskor ishbilarmon xotin-qiz ishtirok etdi.

Tanlov doirasida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkor, hunarmand va fermer xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan turli hunarmandlik buyumlari, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

– Bunday tadbirlar xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, mehnatini munosib rag‘batlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir, – deydi partiya viloyat kengashi bo‘lim boshlig‘i S.Boboyeva. – Bugungi kunda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 2 mingdan ziyod tadbirkor xotin-qizlar partiyamizning doimiy e’tiborida. Ularning yutuqlarini rag‘batlantirish, muammo va kamchiliklarini bartaraf etishda ko‘maklashishga harakat qilmoqdamiz.

Tanlovda ishtirokchilarning zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yangi ish o‘rni yaratgani, eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarayotgani, aholiga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatayotgani kabi jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Ikkinchi o‘ringa Sayxunobod tumanidagi “Go‘zal” xususiy korxonasi rahbari S.Asatullayeva, uchinchi o‘ringa Xovos tumanidagi “Xovos qurilish servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari G.Mavlonova munosib ko‘rildi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA
1 373






Все о погоде - Pogoda.uz