O‘zA O`zbek

05.06.2020 Chop etish versiyasi

“Asaka” bank: Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba tumanlarida 800 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi

“Asaka” bank: Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba tumanlarida 800 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi
“Asaka” bank tomonidan Sirdaryo viloyatining Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba tumanlarida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish, kambagʻallikni qisqartirish maqsadida 18 ta yangi loyihani amalga oshirish moʻljallangan. Loyihalar qiymati qariyb 152 milliard soʻm boʻlib, ularning ishga tushishi natijasida 800 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Qisqa muddatda foydalanishga topshirish moʻljallangan loyihalardan biri maktabgacha taʼlim maskanlari boʻlib, Mirzaobod tumanida 2 ta, Oqoltin va Sardoba tumanlarida 1 tadan maktabgacha taʼlim maskani ochish koʻzda tutilgan.

Mirzaobod tumanida “Finiba tex” tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasining ish boshlashi natijasida 300 nafar xotin-qiz ish bilan taʼminlanadi. Mazkur tumanda shuningdek, “Mirzaobod Limonchilik klasteri” ni ham shu yilning oʻzida ishga tushirish nazarda tutilgan va tashkil etiladigan issiqxonada qulupnay, limon yetishtirish yoʻlga qoʻyiladi. Natijada mahalliy bozorga sarhil mevalar yetkazib berish bilan birga ushbu mahsulotlar eksportga ham yoʻnaltiriladi. Asosiysi yana 300 kishining doimiy ish oʻrniga ega boʻlishiga erishiladi.

Bundan tashqari, “Asaka” bank tomonidan talofat koʻrgan uchta hududda qishloq xoʻjaligi, sanoat, xizmat koʻrsatish singari sohalarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ham amalga oshirilishi belgilab olingan.

“Asaka” bank – moliyaviy bozorda sizning ishonchli hamkoringiz!

Bank matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

13 300
O'zA