O‘zA O`zbek

06.06.2020 Chop etish versiyasi

“Asaka” banki - Oʻzbekistondagi eng faol emitent bank.

“Asaka” banki - Oʻzbekistondagi eng faol emitent bank.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki savdoni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik dasturi doirasida “Asaka” bankni Oʻzbekistondagi eng faol emitent bank sifatida eʼtirof etdi.

EBRD TFP Award uchta qitʼadagi qalin hamkorlari faoliyatini baholadi. 2019-yil yakunlariga koʻra, “Asaka” bank mamlakatimizdagi eng faol emitent bank sifatida tan olindi.

“Asaka” banki YETTB savdoni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik dasturiga 2019-yilning sentabr oyida qoʻshilgandi. Oradan qisqa vaqt oʻtganiga qaramay “Asaka” bank ETTB moliyalashtirishi ishtirokidagi savdo shartnomalarini tadbiq etishda oʻzining toʻla salohiyatini koʻrsata oldi. Bu esa oʻz navbatida YETTB tomonidan yuqori baholandi.

Taʼkidlash joizki, “Asaka” bank savdoni moliyalashtirish yoʻnalishining faol qatnashchisi hisoblanadi va yillik savdoni moliyalashtirish hajmi 1 mlrd AQSH dollariga teng. Bu borada bank JPMorgan Chase Bank, Citi Bank, Deutsche Bank, SMBC, Commerzbank AG, The Export-Import Bank of Korea, Natixis Bank, Gazprombank, VTB Bank, Oddo BHF, RBI singari dunyoning etakchi moliya muassasalari va institutlari bilan hamkorlik qiladi.

12 849
O'zA