O‘zA O`zbek

27.05.2020 Chop etish versiyasi

“Asaka” bank: qurilish va avtomobil sanoati uchun oynalar – iqtisodiy taraqqiyotga munosib hissa

“Asaka” bank: qurilish va avtomobil sanoati uchun oynalar – iqtisodiy taraqqiyotga munosib hissa

Fargʻona viloyatining Quvasoy shahridagi shisha mahsulotlari ishlab chiqarishga moʻljallangan “KVARS” aksiyadorlik jamiyatida bugungi kunda qariyb 3 ming yurtdoshimiz doimiy ish oʻrniga ega. Ular xorijiy davlatlardan keltirilgan eng zamonaviy texnologiyalar yordamida faoliyat koʻrsatadi.

“Asaka” bank zavodning yangi 400 tonnalik float liniya qurilishi loyihasiga 36,4 million Yevro miqdorida kredit ajratdi. Hozirda korxonada ishlab chiqarish quvvati sezilarli darajada ortgan. Jumladan, yiliga qoʻshimcha 22 million metr kvadrat qalinligi 2 millimetrdan 19 millimetrgacha, kengligi 3660 millimetr, uzunligi 6000 millimetrgacha boʻlgan silliqlangan oyna ishlab chiqarishga erishilyapti. Bu esa Respublikamiz ichki bozori talablarini qondirish hamda milliy avtomobil sanoatimizga ham oyna mahsulotlari yetkazib berish imkoniyatini yaratmoqda.

Yangi loyiha toʻliq ishga tushgach, yiliga oʻrtacha 380-400 milliard soʻmlik mahsulot realizatsiya qilinadi. Buning 80-90 milliard soʻmi soliqqa, 50-60 milliard soʻmi esa Davlat byudjetiga dividend sifatida toʻlanadi. Shuningdek, 10 million AQSH dollarlik mahsulot eksport qilinishi, yana 300 ga yaqin yangi ish oʻrni yaratilishi, tabiiy gaz va elektr energiyasi joriy ishlab chiqarish quvvatlariga nisbatan teng miqdorda iqtisod qilinishi, ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxi yana-da arzon boʻlishiga erishiladi.

“Asaka” bank – moliyaviy bozorda sizning ishonchli hamkoringiz!

Reklama huquqi asosida
Bank matbuot xizmati.

11 954
OʻzA