Jizzax viloyati Arnasoy tumanida 7 minimarket va 7 minibank ish boshladi.

Mamlakatimizda aholi farovonligini yanada yuksaltirish, xalqimizga munosib turmush sharoiti yaratish maqsadida ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida 2016-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirig‘i bilan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni jadallashtirishga ko‘maklashuvchi hukumat ishchi guruhi ish boshlashi natijasida hudud qiyofasi tubdan o‘zgarmoqda.

Birinchi navbatda aholining kundalik ehtiyojini ta’minlash, zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish inshootlari barpo etish, mavjudlarini qayta qurishga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda o‘tgan qisqa muddatda tumandagi barcha mahalla va qishloq fuqarolar yig‘inlari hududida bittadan, jami 7 minimarket qurilib, aholiga savdo xizmati ko‘rsatish yaxshilandi. “Agrobank”, Xalq banki filiallari binolari kapital ta’mirlanib, 7 minibank ishga tushirildi. Bank, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bankomat, terminallar bilan to‘liq ta’minlanib, naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgani aholi uchun katta qulaylik bo‘ldi.

Ayni paytda tuman markazidagi 127 savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 40 ga yaqin yo‘nalishsiz taksilar terminallar bilan ta’minlanib, to‘lovlar bank plastik kartochkalari orqali amalga oshirilmoqda. Kommunal va boshqa to‘lovlar uchun aholi gavjum joylarga 13 infokiosk o‘rnatildi.

Bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari jarayonida aholining madaniy dam olishi uchun yanada qulaylik yaratishga ham alohida etibor qaratilmoqda. Tuman markazida dam olish xiyoboni barpo etilib, turli attraksionlar o‘rnatildi. Sog‘lomlashtirish markazi, zamonaviy mehmonxona barpo etildi. Yo‘llar ta’mirlandi.

Ayni paytda sanoat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ko‘plab yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Paxta va g‘allachilikdan tashqari meva-sabzavot yetishtirishni ko‘paytirish, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik kabi tarmoqlarni yo‘lga qo‘yish, qayta ishlash korxonalarini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilayotir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arnasoy tumani qiyofasi tubdan o‘zgarmoqda