Milliy uslublarda barpo etilayotgan bozorlar shahar va qishloqlarimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda, xaridor va sotuvchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar savdo xizmati va madaniyatini yuksaltirmoqda.

Xalqimiz azaldan ezgu an’analari, o‘lmas qadriyatlari, mehmondo‘stligi, mehr-oqibatliligi bilan birga gavjum bozorlari va ulardagi sarxil nozu ne’matlari, betakror hunarmandlik buyumlari bilan ham dunyo ahlini rom etib kelgan. Mustaqillik yillarida yurtimiz bozorlarining qiyofasi tubdan o‘zgardi va bu ezgu ishlar izchil davom etmoqda.

Milliy uslublarda barpo etilayotgan bozorlar shahar va qishloqlarimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda, xaridor va sotuvchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar savdo xizmati va madaniyatini yuksaltirmoqda. Jannatmonand yurtimiz bozorlarining obodligi, mahsulotlarning mo‘l-ko‘lligi, narx-navoning arzonligi mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligini namoyon etib kelmoqda.

Mamlakatimiz bozorlaridagi o‘zgarishlarni Andijon dehqon bozorlari misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.

Hozir viloyatda 25 dehqon bozori faoliyat ko‘rsatmoqda. Keyingi yillarda 7 dehqon bozori rekonstruksiya qilindi. Andijon shahridagi "Markaziy", Andijon, Izboskan va Paxtaobod tumanlaridagi dehqon bozorlari yangidan barpo etildi, joriy yilda Qo‘rg‘ontepa, Xo‘jaobod, Marhamat va Baliqchi tumanlari dehqon bozorlarida qurilish-rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Bozorlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini shakllantirish, sotuvchi va xaridorlar uchun qulayliklar yaratish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.

14.JPG

Andijon shahrida "Markaziy", "Yangi bozor", "Jahon bozori" kabi yirik dehqon bozorlari va 10 ga yaqin kichik bozor faoliyat ko‘rsatmoqda. Yilning istalgan faslida ushbu bozorlarga kirgan kishi sarxil meva-sabzavot, poliz, qandolat, go‘sht, qo‘yingki, aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi mahsulotlar bilan to‘la ekanligiga guvoh bo‘ladi.

– Biz, keksa avlod vakillari bir paytlar shahrimiz bozorlari qanchalik tartibsiz, ko‘ngilni xira qiladigan holatda bo‘lganligini yaxshi eslaymiz, – deydi Andijon shahrida yashovchi mehnat faxriysi Saidahmad Toshtanov. – Ochig‘i, rastalari haminqadar, yo‘laklari tor, ayniqsa, yomg‘irli kunlarda yo‘laklarning suv va loy bo‘lishi sotuvchi va xaridorlarga qiyinchiliklar tug‘dirardi. Shukrki, istiqlol sharofati bilan shahrimizdagi bozorlar qiyofasi tubdan o‘zgardi, xususan, “Yangi bozor” dehqon bozorida ham xaridorlar uchun barcha qulaylik yaratildi.

Endilikda turli mahsulotlar uchun alohida keng, yorug‘ pavilyonlar ajratilgan. Bozordagi mo‘l-ko‘llik, tartib va ozodalikdan ko‘nglingiz yayraydi.

Darhaqiqat, “Yangi bozor” dehqon bozorida baliq, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, meva-sabzavotlar, quruq mevalar, non, qandolatchilik va boshqa turdagi mahsulotlar sotish uchun alohida-alohida pavilyonlar ajratilgan bo‘lib, xaridorlar uchun barcha qulaylik yaratilgan, do‘konlarda terminal orqali savdo yo‘lga qo‘yilgan.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrining Eski shahar hududida Mustaqillik shohko‘chasi barpo etish, "Markaziy" dehqon bozorini qayta qurish, tadbirkorlar hamda yoshlar markazlari, muzeylar majmuasi, mahalliy mahsulotlar namoyish etiladigan ko‘rgazma zali, ko‘p qavatli turar joy binolari bunyod etish haqida tavsiyalar bergandi. Ana shu tavsiyalar asosida o‘tgan yili Mustaqillik ko‘chasining birinchi qismi hamda "Markaziy" dehqon bozori qayta qurilib, foydalanishga topshirildi.

"Markaziy" dehqon bozorining ishga tushirilishi aholi uchun katta qulayliklar yaratdi. Bozorda barcha turdagi mahsulotlar sotishga mo‘ljallangan pavilyonlar barpo etildi. Jami 1200 ga yaqin savdo rastasiga ega bozor qurilishi uchun 21 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Qurilish ishlari natijasida bozor hududi bir gektarga kengayib, umumiy maydoni 4,7 gektarga yetdi, 600 tonna meva va sabzavot saqlashga mo‘ljallangan sovutgich ishga tushirildi. Avtomobillar uchun to‘xtash joylari, xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalari tashkil etildi, savdo xizmati ko‘rsatish sifati va saviyasi tubdan yaxshilandi.

– Bozorda qulay, emin-erkin savdo qilishimiz uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi non va non mahsulotlari sotuvchisi Mohidilxon Siddiqova. – Bunday savdo rastalariga ega bo‘lishni ancha yillardan buyon orzu qilardik. Prezidentimiz rahnamoligida zamonaviy bozor barpo etilib, tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratib berilganidan behad mamnunmiz.

Bozorlardagi do‘konlarda muzlatkichlar o‘rnatilgan. Oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan tartibda veterinariya, sanitariya-epidemiologiya mutaxassislari nazoratidan o‘tkazilishi, sotuvchilarning muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishi qat’iy yo‘lga qo‘yilgan.

– Prezidentimizning joriy yil 27-martdagi “2017-2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yuqori bosqichga ko‘tarishda dasturilamal bo‘lmoqda, – deydi Andijon viloyati dehqon bozorlari va savdo komplekslari uyushmasi boshqaruvi raisi Hotamjon Mamarasulov. – Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda keng imkoniyatlarga ega savdo majmualarini qurish, bozorlarning me’moriy qiyofasini yaxshilash, zamonaviy savdo infratuzilmasini shakllantirish, umuman, bozorlar faoliyatini tubdan yaxshilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, joriy yilda Asaka, Oltinko‘l va Shahrixon tumanlari dehqon bozorlari yangidan barpo etiladi.

Bu boradagi ishlar tizimli ravishda olib boriladi. Asosiy maqsad bozorlarimizda aholiga keng qulayliklar yaratish, xizmat ko‘rsatish sifati va saviyasini tubdan yaxshilash, fuqarolarimiz savdo madaniyatini, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonning zamonaviy bozorlari