Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.08.2017 17:49 Chop etish versiyasi

Andijonlik yosh tadbirkor va fermerlar taklif etayotgan istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi

Andijon viloyati Shahrixon tumanida yosh tadbirkor va fermerlarning taklif-muammolarini o‘rganish, ularning faoliyatini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Prezidentimizning 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni hamda 2017-yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, Shahrixon, Asaka, Baliqchi, Bo‘z, Ulug‘nor tumanlarida faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkor va fermerlar ishtirok etdi.

Tadbirda yosh tadbirkor va fermerlar taklif etayotgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish yuzasidan fikr almashildi. Yoshlarni qiynayotgan muammolar muhokama qilinib, aksariyati shu yerning o‘zida hal etildi.

– Tumanimizda 300 ga yaqin yosh tadbirkor va fermer faoliyat yuritmoqda, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Baliqchi tumani kengashi raisi Bekzod Aliboyev. – Bugungi muloqotda O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga a’zo bo‘lgan yoshlarga berilgan imtiyozlar, shuningdek, o‘z mahsulotlarini sotish bo‘yicha axborot ko‘magi olish, tashqi bozorga chiqish, umuman, tadbirkorlik yo‘nalishlarida yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Ishtirokchilar asosan yoshlar mehnat qilayotgan Shahrixon tumanidagi “SDK GROUP And” xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
697






Все о погоде - Pogoda.uz