Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyatda kechayotgan jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, islohotlar samaradorligini oshiradi, aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi, yangi-yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyatda kechayotgan jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, islohotlar samaradorligini oshiradi, aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi, yangi-yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Bu, ayniqsa, jamiyatning ishbilarmonlik kayfiyatini belgilab beruvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorining jadal taraqqiy etishida muhim omil hisoblanadi.

Mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha sohalariga, kundalik hayotga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy qilish, “elektron hukumat” tizimini tatbiq etish borasida ilg‘or mamlakatlar safiga qo‘shilishga qaratilgan muhim qadamlar qo‘yilmoqda. Biznes subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanishida qulayliklar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar tadbirkorlarga vaqti va mablag‘ini tejash imkonini bermoqda, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi munosabatlarning ochiqligini ta’minlamoqda.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 28-oktabrdagi «Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish jarayonlarini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqdi.

Qaror talablarini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «Elektron hukumat» markazi, Adliya, Iqtisodiyot vazirliklari, Davlat soliq, statistika qo‘mitalari, Markaziy bank, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida va BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tizimi ishlab chiqildi.

Joriy yilning 1-aprelidan boshlab fo.birdarcha.uz veb-manzilida ishga tushirilgan tizim orqali ham yuridik shaxs maqomiga ega subyektlar, ham yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘z bizneslarini real vaqt rejimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin. Avtomatlashtirilgan tizim ta’sis hujjatlarini olish, ro‘yxatdan o‘tish uchun davlat bojini to‘lash va guvohnoma olish imkonini beradi.

Qayd etish kerakki, tizim foydalanuvchilarni “OneID” orqali identifikatsiyalab, shaxsiy ma’lumotlar (pasport, STIR, elektron raqamli imzo va boshqalar) tekshiriladi. Tasdiq olingandan so‘ng biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Yangi tizim biznesni istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini beradi.

Tizimdagi yaratilgan qulayliklardan biri – to‘lov uchun imtiyozlardir. Agar tadbirkor o‘z biznesini mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tkazayotgan bo‘lsa, belgilangan to‘lovning 50 foizini amalga oshiradi. To‘lovlarni banklar orqali amalga oshirish, shuningdek, «UPay» to‘lov tizimi vositasida onlayn to‘lash ham mumkin.

Muhimi, tadbirkor bosqichma-bosqich jarayon yordamida hukumat ma’lumotlar bazasida onlayn reyestr orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Guvohnomalarning QR-kodlar bilan taqdim etilishi tadbirkorlik subyektining haqiqiyligi, maqomi va barcha ma’lumotlarini tekshirish imkonini beradi. Barcha amaldagi tadbirkorlik subyektlari yangi namunadagi guvohnoma olish huquqiga ega.

Ro‘yxatdan o‘tishdagi hamma bosqichlar – da’vogarga oid ma’lumotni olish, tashkiliy-huquqiy shaklni, firma nomini tanlashdan to guvohnoma olishgacha bo‘lgan jarayon avtomatlashtirilgan. Faoliyat turini tanlashda Davlat statistika qo‘mitasining yangi klassifikatori qo‘llaniladi.

Yuridik shaxsni tashkil etishda birdan ortiq muassis ishtirok etgan taqdirda, har bir muassis ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan tadbirkorlik subyektining muassislar tarkibiga kirishga roziligini tasdiqlaydi. Bunda har bir muassisga tasdiqlash uchun elektron xabar yuboriladi va muassis unga rozilik beradi.

Tizimning «Elektron hukumat» tizimiga to‘liq integratsiya qilingani turli tashkilotlar o‘rtasida ma’lumotlar almashish imkonini bermoqda. Masalan, mustaqil ravishda bank hisob-raqami ochilganida barcha zarur ma’lumotlar avtomatik tarzda Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasiga davlat ro‘yxatiga qo‘yish uchun yuboriladi.

Internet tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tayotgan tadbirkorlik subyektlari ko‘payib borayotgani yangi tizim ishbilarmonlar tomonidan ijobiy kutib olinganidan dalolat bermoqda. Chunonchi, 1-apreldan buyon 1 ming 200 ga yaqin tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun ana shu interaktiv xizmatdan foydalangan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AKT – tadbirkorga ko‘makchi