Bugungi kunda aksiyadorlik tijorat Xalq banki respublikamizning barcha hududlarida 186 ta pul o‘tkazmalari shoxobchalari orqali faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yurtdoshlarimiz mazkur shoxobchalar orqali turli mamlakatlardan kelgan mablag‘larini o‘z vaqtida to‘liq olishlarida, shuningdek xorijga mablag‘ yuborish istagida bo‘lgan fuqarolarga pul o‘tkazmalarini o‘tkazishda bank sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda. E’tiborli jihati ushbu xizmatdan foydalanuvchilar milliy valyutada nafaqat naqdda balki bank plastik kartalaridagi mablag‘dan ham o‘tkazishlari mumkin.

– Mana men bir necha marta Xalq banki xizmatidan xorijda o‘qiydigan farzandimga pul jo‘natishda, yana bir xorijda ishlaydigan qarindoshimdan valyutada mablag‘ olishimda foydalandim. O‘zimizni pulimizda so‘mda plastigimdagi mablag‘imdan o‘tkazdim, xorijdagi farzandim esa buni AQSh dollarida qabul qilib oldi, u yoqdan kelgan mablag‘ni milliy valyutada ham bemalol olish mumkin ekan. Bankka vositachilik xizmatini terminalda so‘mda to‘ladim, hech qanday muammo bo‘lgani yo‘q, buni naqdda ham to‘lash mumkin ekan. Bank xizmatidan mamnunman, – deydi Xalq banki mijozi Xurshida Jabborova.

Albatta bu yengillik so‘mni xorijiy valyutaga xorijiy valyutani so‘mga ayriboshlashdagi ovoragarchiliklarning oldini oladi. Bank birgina 2017-yilning noyabr oyidan shu kunga qadar xorijiy mamlakatlardan kelgan 1 mln. AQSh dollari hamda o‘zimizdan xorijiy davlatlarga 596 ming AQSh dollar mablag‘larni jo‘natish operatsiyalarini milliy valyutada bajarish orqali mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatgan.

Hozirgi kunda Xalq banki “Western Union”, “Zolotaya Korona”, “Kontakt” va “Yunistrim” xalqaro pul o‘tkazmalari orqali dunyoning barcha davlatlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Kelajakda bank xalqaro pul o‘tkazmalarini mobil ilovalar yordamida onlayn tarzda davlatlararo pul o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishni ham rejalashtirgan.

Shuningdek, Xalq banki Turkiyaning UPT (Universal payment transfer) xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘yish arafasida turibdi.

Reklama huquqi asosida

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aksiyadorlik tijorat Xalq bankida xalqaro pul o‘tkazmalari operatsiyalari milliy valyutada amalga oshirilmoqda