Chorvachilik, parrandachilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, aholiga maishiy va transport xizmatlari ko‘rsatish, savdo-sotiqni yo‘lga qo‘yish singari ommabop tadbirkorlik yo‘nalishlariga tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar qulay shartlar va qisqa fursatlarda taqdim etilmoqda.

Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Bank xodimlari har bir xonadonga kirib, aholining tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun mavjud imkoniyat va sharoitlarni o‘rganmoqda. Odamlarning bu sohadagi qiziqish va ko‘nikmalari, tadbirkorlikka oid huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida namunaviy biznes loyihalari tarqatilmoqda.

Bugungi kunga qadar 940 mingdan ziyod xonadon o‘rganib chiqilib, 138 mingdan ortiq kishi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan.

16 ming 771 fuqaroga chorvachilik, 2 ming 91 fuqaroga parrandachilik, 834 fuqaroga issiqxona tashkil etish, 596 fuqaroga mevali daraxt va uzumchilikni rivojlantirish, 600 dan ortiq fuqaroga boshqa tadbirkorlik yo‘nalishlari uchun bank tomonidan 134 milliard so‘mdan ziyod kredit mablag‘i ajratilgan.

2016-yilda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida bank tomonidan 2 ming 806 fuqaroga 164 milliard 500 million so‘mlik kreditlar berilgan. Natijada 2 ming 200 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan uy-ro‘zg‘or buyumlari, maishiy texnika vositalarining arzon va qulayligi aholi farovonligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda. Bank tomonidan o‘tgan yilda shu turdagi tovarlarni xarid qilish uchun 17 ming 500 dan ziyod kishiga 97 milliard 800 million so‘mlik iste’mol kreditlari taqdim etilgan.

– Imtiyozli kredit shartlarining qulayligi menga qoramollar sonini bir necha boshga ko‘paytirish imkonini berdi, – deydi Toshkent viloyati Zangiota tumanida istiqomat qiladigan Rasuljon Qodirov.

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari xodimlarining savollariga mutaxassislar javob qaytardi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholiga imtiyozli kreditlar