O‘zA O`zbek

31.08.2018 12:30 Chop etish versiyasi

Aholi daromadi oshmoqda

Aholi daromadi oshmoqda
Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi Halvogaron mahallasida 4 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Mahallada kichik biznes va tomorqadan unumli foydalanish hisobidan daromad olayotgan oilalar koʻp.

Gulruh Bekmurodova oilasi “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida aholi daromadini oshirishga qaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, joriy yilda uy sharoitida parranda boqishni yoʻlga qoʻydi. Parvarishdagi 220 bosh tovuqdan kuniga 90 dona tuxum olinmoqda.

Mirmuhsin Bozorov esa oʻz xonadonida termos usulida issiqxona tashkil etgan. Issiqxonada yetishtirilayotgan bodring hozirgacha bir tonna hosil berdi.

5.JPG

Tohir Istatov (surat), OʻzA
1 216