Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 132 korxona, tashkilot va muassasa 386 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi mehnat vaziri U.Saburov, Ellikqal’a tumani hokimi N.Xudoyberganov va boshqalar aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk insonlar etib tarbiyalash, iste’dod va salohiyatini keng namoyon etishi uchun zarur sharoit yaratish, kasb-hunarga yo‘naltirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan ekanini alohida ta’kidladi.

Mehnat yarmarkasida 50 ga yaqin kasb-hunar kolleji bitiruvchisiga mutaxassisligi bo‘yicha ishga yo‘llanma berildi.

– Joriy yilda Ellikqal’a tibbiyot kollejini tugataman, – deydi Nazokat Nuraddinova. – Yarmarkada egallayotgan mutaxassisligim bo‘yicha ishga joylashish uchun yo‘llanma oldim. Kelgusida tuman tibbiyot birlashmasida inson salomatligini mustahkamlashdek sharafli ishga hissa qo‘shishdan faxrlanaman.

Mehnat yarmarkasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. 15 nafar kollej bitiruvchisiga banklardan imtiyozli kredit olish uchun sertifikat topshirildi.

Joriy yilda Ellikqal’a tumanida qabul qilingan bandlik dasturi asosida sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 3 ming 500 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.

Xuddi shunday mehnat yarmarkasi Nukus shahrida ham o‘tkazildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ellikqal’a tumanida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi