O‘zA O`zbek

28.12.2018 Chop etish versiyasi

“Agrobank“: yangicha yondashuv va taraqqiyot sari dadil odimlar

“Agrobank“: yangicha yondashuv va taraqqiyot sari dadil odimlar “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki oʻz faoliyatini ilgʻor xalqaro banklarning andozlari asosida rivojlantirib borish, yaʼni zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yangi bosqichga koʻtarish hamda marketing xizmatlarini bank amaliyotiga keng tatbiq qilishga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Prezidentimizning 2018 yil 22 noyabrda tijorat banklari faoliyatiga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda bank sohasiga xorijlik hamda xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar orasidan malakali mutaxassislarni jalb etish boʻyicha bergan topshiriq va vazifalari ijrosini taʼminlash borasida “Agrobank” tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu maqsadda bankka Daniya Qirolligining yetakchi banklaridan biri “Saxo Bank”ida mehnat tajribasiga ega vatandoshlarimizdan Umid Ahmedov va Shahboz Siddiqovlar jalb etildi.

Bugungi kunda “Saxo Bank” 300 dan ortiq banklar, brokerlik idoralari, moliyaviy xizmatlar provayderlari uchun savdo va investitsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi “raqamli bank” sifatida jahon moliya bozorida salmoqli oʻrniga ega.

– “Agrobank”da zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda innovatsion “raqamli bank” xizmatlarini joriy etish borasida dastlabki ishlarni boshladik, – deydi Umid Ahmedov. – Bu jarayon, albatta, moliyaviy xizmatlarni koʻrsatuvchi bank va ularning isteʼmolchilari oʻrtasida erkin harakatlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda “Agrobank”da aynan mana shu yoʻnalishlar boʻyicha ishlar olib boryapmiz.

Umuman olganda, “Agrobank” tizimiga xorijlik vatandoshlarni jalb qilishdan maqsad bankka yangicha yondashuv va uslublarni keng tatbiq etish orqali aholi va bank mijozlariga sifatli xizmat koʻrsatishni yangi pogʻonaga koʻtarishdan iboratdir.

IMG_6793.JPG

“Agrobank” ATB Matbuot xizmati

5 977
OʻzA