O‘zA O`zbek

28.04.2020 Chop etish versiyasi

“Agrobank“ Germaniya “VTB BANK” dan 20 million yevro jalb qildi

“Agrobank“ Germaniya “VTB BANK” dan 20 million yevro jalb qildi

Koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, farmatsevtika sohasidagi shoshilinch loyihalarni uzluksiz moliyalashtirish, shuningdek eksport qiluvchilar uchun aylanma mablagʻlarni toʻldirish maqsadida Agrobank va VTB Bank (Europe) SE savdoni moliyalashtirish sohasida kelishuv imzoladilar.

Shartnomaga muvofiq, Germaniya banki tomonidan Oʻzbekistonga import va eksport operatsiyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun kredit resurslari taqdim etiladi.

Bu, oʻz navbatida, Agrobank mijozlariga oʻz faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga, yangi ish oʻrinlarini yaratishga imkon beradi.

Reklama huquqi asosida

12 728
ЎзА