O‘zA O`zbek

22.05.2019 15:09 Chop etish versiyasi

Abdulaziz Komilov XXR tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi

Abdulaziz Komilov XXR tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi

22 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Bishkek shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda tashqi siyosat idoralari rahbarlari joriy yilning 25 aprel kuni Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumi ishidagi ishtirokida Prezident Shavkat Mirziyoev va XXR Raisi Si szinpinning ikki tomonlama uchrashuvi chog‘ida erishgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga asosiy e’tibor qaratdi.

Muzokaralarda vazirlar Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildilar va uning muvaffaqiyatli yakunlanishidan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladi.

Uchrashuvda, shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

O‘zA
411