O‘zA O`zbek

14.10.2019 Chop etish versiyasi

Abdulaziz Komilov Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Bugun, 14 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Baku shahrida Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto bilan uchrashdi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, Vengriya Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashida (Turkiy kengash) kuzatuvchi-davlat maqomiga ega.

Turkiy kengashga a’zo davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari Kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Ozarbayjon poytaxtiga kelgan vazirlar O‘zbekistonning tashkilotga kirishi ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishini ta’kidladilar.

Uchrashuvda umumiy kun tartibi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, moliya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi, shuningdek xalqaro maydondagi, jumladan O‘zbekiston – Yevroittifoq, Vishegrad guruhi + Markaziy Osiyo va boshqa shakllaridagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha batafsil fikr almashildi.

Turli sohalardagi O‘zbekiston – Vengriya munosabatlarini rivojlantirish doirasida navbatdagi qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.

1 087
O‘zA