O‘zA O`zbek

Iqtisodiyot

“Shifonur”dan shifo topib

12.12.07 16:00

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasi tufayli bugun yurtimizda 1,7 mingdan ziyod yuridik shaxs xususiy tibbiy amaliyot bilan shug‘ullanmoqda, 2,1 ming nafar jismoniy shaxs yakka tartibda shifokorlik faoliyatini yuritayotir.

Mahsulot – eksportga

11.12.07 9:24

“Xo‘jayli tolasi” aksionerlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning aksariyati xorijga eksport qilinmoqda.

Sarbast Plusning Yangi yil sovg‘asi

10.12.07 19:22

Sarbast Plus O‘zbekiston-Shvetsiya qo‘shma korxonasida o‘ziga xos ta’mga ega yangi Sarbast Extra pivosi ishlab chiqarilmoqda.

Samarali hamkorlik yo‘lida

10.12.07 18:46

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Malayziyaning “Petronas” kompaniyasi prezidenti Tan Sri Dato Sri Moxd Hasan Marikana O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari Rustam Azimov va Ergash Shoismatov bilan uchrashdi.

Yarmarka samarali bo‘ldi

10.12.07 14:59

Guliston shahrida xalq iste’moli mollari ulgurji savdo yarmarkasi o‘tkazildi. Ikki kun davom etgan yarmarkada oltmishdan ziyod yirik sanoat korxonalari, xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.

Xalqaro O‘zbekiston to‘qimachilik yarmarkasi yakunlandi

06.12.07 22:19

Toshkentda 5-6 dekabr kunlari Xalqaro O‘zbekiston to‘qimachilik yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjuman O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va “O‘zbekengilsanoat” davlat aksionerlik kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.

Sifatli va arzon mahsulotlar

06.12.07 11:28

Farg‘ona viloyatidagi “Qo‘qonshoxiatlasto‘qish” mas’uliyati cheklangan jamiyatida yangi ishlab chiqarish tarmog‘i faoliyat ko‘rsata boshladi. Bu yerda sifatli va xaridorgir mahsulotlar tayyorlanmoqda. Tarmoqning ishga tushirilishi qo‘shimcha ellik nafar yigit-qizni ish bilan ta’minlash imkonini berdi.

Mol-mulk sug‘urta himoyasida

06.12.07 9:29

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 8 noyabrdagi Farmoyishiga binoan boshlangan yong‘in xavfsizligi oyligi yurtimizda uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

Mahsulot sifati yaxshilandi

05.12.07 19:08

Paxtakor tumanidagi “Jizzaxyog‘” mas’uliyati cheklangan jamiyati bu yil 60 ming tonna chigitni qayta ishlab, 11 ming tonna yog‘, 30 ming tonna kunjara va 22 ming tonna sheluxa ishlab chiqardi.

Xalqaro to‘qimachilik yarmarkasi ochildi

05.12.07 18:50

“O‘zekspomarkaz”da 5 dekabr kuni Xalqaro O‘zbekiston to‘qimachilik yarmarkasi ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va “O‘zbekengilsanoat” davlat aksionerlik kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda 30 dan ziyod mamlakatdan 200 dan ortiq kompaniyalar vakillari va mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Surxondaryo viloyatida suv ta’minoti yaxshilandi

05.12.07 15:28

Surxondaryo viloyatida aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash, xususan, xonadonlarni tabiiy gaz va toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘n olti yil avval voha aholisining atigi 48 foizi ichimlik suvi bilan ta’minlangan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 81 foizga yetdi. Ayni maqsadda 800 kilometrdan ortiq masofaga suv quvurlari tortildi.

Bella Terra tamg‘asi bilan

05.12.07 12:29

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “Bella Terra” sho‘’ba korxonasida qadoqlanayotgan meva sharbatlari xushta’m va arzonligi bilan ajralib turadi. Shu bois, bu mahsulotlar ichki va tashqi bozorda o‘z xaridorini topayotir.

Paxtabank – fermerlarning ishonchli hamkori

04.12.07 18:29

“Paxtabank”ning Farg‘ona viloyat boshqarmasi mijozlar ishonchini oqlash, ularga namunali xizmat ko‘rsatish borasida ibratli ishlarni amalga oshirmoqda. Ayniqsa, boshqarmaning shahar va tuman bo‘limlarida fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.