Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Iqtisodiyot

Bank tizimi rivojidagi yangi bosqich

17.08.07 16:53

Bir paytlar mamlakatimizda sanoqligina bank faoliyat olib borar, ularda ham xizmatlarning turi kam, sifati ko‘ngildagidek emasdi. Bank xizmatiga ehtiyoj sezgan chekka qishloqlardagi yurtdoshlarimiz o‘nlab kilometr yo‘l bosib, tuman markazlariga qatnashga majbur bo‘lardi. Mustaqillik sharofati bilan bu borada vaziyat tubdan o‘zgardi. Bugungi kunga kelib mamlakatimizdagi tijorat banklarining soni 28 ga yetdi.

Davlat budjeti ijrosiga bag‘ishlandi

17.08.07 16:49

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2007 yil birinchi yarim yillik ijrosiga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Fermer xo‘jaligida – issiqxona

17.08.07 15:34

Jizzax viloyatidagi meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari faqat yozda emas, qishda ham mahsulot yetishtirishga harakat qilayotir. Ayni maqsadda fermerlar issiqxona qurishga kirishdi.

Dala ishlari qizg‘in

17.08.07 14:15

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida 712 fermer xo‘jaligi 14 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarishlamoqda. To‘rt-besh marta ishlov berilgani uchun barcha maydonlarda hosil cho‘g‘i baland. Sarkisov nomidagi suvdan foydalanuvchilar uyushmasi hududidagi “Jo‘rabek-Q” fermer xo‘jaligi dehqonlari 54 gektar maydondagi g‘o‘zani ikkinchi bor chilpishdan chiqardi.

Zamin saxovati – el dasturxoniga

17.08.07 13:04

Samarqand shahrida an’anaviy qishloq xo‘jalik mahsulotlari savdo-yarmarkasi tashkil etildi. Shahar markazida Samarqand tumanining dehqonlari, bog‘bonu sohibkorlari ko‘chma savdo rastalari tashkil etib, o‘zlari yetishtirgan meva-sabzavot, uzum mahsulotlarini arzon narxlarda shaharliklar dasturxoniga yetkazib bermoqda.

Gullar yarashadi bu yurtga

17.08.07 12:06

Qaysi mamlakatda hunarmandlar, tijoratchilar qo‘llab-quvvatlangan bo‘lsa, o‘sha mamlakat rivojlangan, eli boy-badavlat yashagan. Bunga o‘tmish guvoh. Yurtboshimizning aynan shunday siyosatga ustuvor ahamiyat qaratayotganidan g‘oyat quvonaman.

Pillakorlar anjumani

17.08.07 9:53

O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida 2007 yilda pilla yetishtirish yuzasidan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishi va tayyorlangan pillani yengil sanoat korxonalariga qabul qilish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik

16.08.07 17:58

Prezidentimiz Islom Karimovning 2006 yil 7 sentabrda qabul qilingan “2007-2010 yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashga Xorazm viloyatida jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Servis sohasi rivojlanishda

16.08.07 12:22

Prezidentimiz Islom Karimovning 2006 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida aholi bandligini ta’minlaydigan sohalar, jumladan, servisni yanada rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Asosiy ko‘rsatkich – sifat

16.08.07 12:18

O‘zbekistonda 128 korxona sifatni boshqarish tizimini xalqaro standartlarga muvofiq joriy etdi va sertifikatladi.

Uzumchilikka bag‘ishlangan seminar

15.08.07 17:35

O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari uyushmasida uzum navlarini yanada yaxshilash, kasalliklarga chidamliligini oshirish, mayizni xalqaro talablar darajasida saqlash borasida fermerlarga amaliy yordam ko‘rsatishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Bandlik darajasi o‘smoqda

15.08.07 12:09

Prezidentimiz Islom Karimovning shu yil 6 aprelda qabul qilingan “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Surxondaryo viloyatida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Egasi bor mulkning ertasi bor

13.08.07 16:12

Prezidentimiz Islom Karimovning 2006 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik huquqini himoya qilish, sohani yanada rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Asad suvi – asal suvi

13.08.07 14:18

Asad oyining o’ziga xos jihatlari ko’p. Dehqonlar tili bilan aytganda, bu oyda boshqa o’simliklar qatori g’o‘za ham “bol” to’playdi – ko’saklar yetiladi. Paxta tolasining uzun va pishiqligi, rangi va boshqa sifat ko’rsatkichlari ham shu kunlarda qilinadigan mehnatga bog’liq. G’o‘zaga me’yorida berilgan suv hosil taqdirini hal qiladi.

Agrofirma mahsulotlari – eksportga

13.08.07 14:06

Prezidentimizning 2006 yil 9 yanvarda qabul qilingan “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi farmoni asosida Farg’ona viloyatida ham sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda meva-sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan ko’plab fermer xo’jaliklari faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning mahsulotlarini qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berishda viloyatdagi 18 ta agrofirma yaqindan ko’maklashmoqda.

Mavsum taraddudi qizg'in

13.08.07 14:04

Surxondaryolik fermerlar joriy yilda 123 ming gektar maydonda g’o‘za parvarishlamoqda. Ayni vaqtda paxta yig’im-terimi mavsumiga ham puxta taraddud ko’rilyapti. Xirmonlar tartibga keltirilib, paxta qabul qilish punktlari ta’mirlanayotir.

Korporativ boshqaruv va banklar

10.08.07 23:18

Kredit tashkilotlarida korporativ boshqaruv prinsiplarini amaliyotga tatbiq etish ular faoliyatining samaradorligini oshirishda, moliyaviy barqarorligi va axborot borasidagi ochiq-oshkoraligini ta’minlashda, aksiyadorlar hamda omonatchilarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoyalashda muhim ahamiyatga ega. Bu, o‘z navbatida, tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 iyulda qabul qilingan “Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ayni shu narsa o‘z aksini topdi.

Sifat va qonuniylik – doimiy e’tiborda

10.08.07 13:43

Davlatimiz rahbarining shu yil 16 martda qabul qilingan “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Hozirgi kunda shu asosda fuqarolar salomatligini muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, iste’mol bozoriga sifatsiz, sertifikatlanmagan alkogolli mahsulotlar kirib kelishining oldini olish va sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik masalalari doimiy e’tiborda.

Bog‘lar saxovati

10.08.07 12:04

Prezidentimiz Islom Karimovning 2006 yil 9 yanvarda qabul qilingan “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonidan so‘ng Jizzax viloyatida ushbu tarmoqqa ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari soni besh mingdan oshdi. Bu yil ular iste’molchilarga 169 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot yetkazib berishni mo‘ljallamoqda.

“Sharq plast servis”ning sifatli quvurlari

10.08.07 12:02

Eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni jahon bozorida xaridorlarga manzur etish oson emas. Istiqlol sharofati bilan mamlakatimizda buning uddasidan chiqayotgan korxonalar soni ko‘payib borayotgani quvonarli. Ulardan biri – poytaxtimizdagi “Sharq plast servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatidir.


Yangiliklar :