Buxoro viloyatining Qorovulbozor shahrida yosh oilalar uchun zamonaviy turar-joy foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida aholini ijtimoiy himoya qilish, yashash shart-sharoitlarini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi mablag‘i hisobidan barpo etilgan ushbu turar-joy kvartiralari korxonaning 27 nafar ishchisiga tuhfa etildi. Ayni kunda ular oilasi bilan yangi uyga ko‘chib o‘tmoqda.

– Yangi yil biz uchun omadli keldi, – deydi zavod ishchisi Azizbek Hamroqulov. – Yil boshida uch xonali uyga ega bo‘ldik. Bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar o‘ylaganimizdan ham ziyoda ekan. Biz, yosh oilalar ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun davlatimiz rahbaridan minnatdormiz.

Ta’kidlash joiz, o‘tgan yillar davomida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan yetti yuzdan ziyod oilaga mo‘ljallangan kottejlar, shuningdek, yoshlar markazi va mehmonxona, yopiq sport majmuasi, san’at saroyi, servis va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarini o‘z ichiga olgan neftchilar qo‘rg‘oni qurildi. Uning yaqinida 15 gektarli ko‘l barpo etildi. Bu yerdagi qulaylik va imkoniyatlardan nafaqat zavod ishchilari yoki ularning oila a’zolari, balki butun Qorovulbozor shahri ahli bahramand bo‘layotir.

Korxona kapital qurilish bo‘limi boshlig‘i Zarif Xo‘jayevning aytishicha, joriy yilda zavod mablag‘i hisobidan yana bitta yirik sport majmuasi, ishchi-xizmatchilar uchun har biri 18 kvartirali ikkita uy qurilishi ko‘zda tutilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh oilalarga yangi uylar