Qashqadaryo viloyatida 2009-2013-yillarda namunaviy loyihalar asosida 3 ming 560 uy-joy bunyod etilib, foydalanishga topshirildi. Joriy yilda ham bu boradagi ishlar izchil davom ettirilib, 1 ming 172 uy-joy qurildi.

Qarshi tumanidagi Bog‘obod qishloq fuqarolar yig‘iniga qarashli Uzunnavo massivida qurilish ishlari yakunlangan to‘qson ikki namunaviy uyga egalari ko‘chib o‘tdi. Ular orasida Ulug‘bek Haqqulov ham bor.

– Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanib, mana shunday, havas qilsa arzigulik uy-joyga ega bo‘ldik, – deydi U.Haqqulov. – Bunday turar joyda yashashning gashti o‘zgacha. Ayniqsa, bolalarning quvonchini ko‘rib, odamning hayotga bo‘lgan qiziqishi yanada ortadi.

Uzunnavo massivida barpo etilgan mo‘jaz stadion, bolalar maydonchasi, profilaktika inspektori va mahalla posboni xonalarini o‘z ichiga olgan guzar, tikuvchilik sexi, oziq-ovqat do‘koni hamda sartaroshxona aholiga katta qulaylik yaratmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy massivdagi namunaviy uylar