O‘zA O`zbek

16.10.2019 Chop etish versiyasi

34,55 milliard soʻm isteʼmolchilarga qaytarildi

34,55 milliard soʻm isteʼmolchilarga qaytarildi

Barchamizga maʼlumki, “Toshissiqquvvati” davlat unitar korxonasi tomonidan 2018-yil dekabr va joriy yilning yanvar oylarida issiq suv hisoblagichlarning majburiy davlat qiyoslovi muddati yuzasidan isteʼmolchilar bilan issiq suv uchun hisob-kitob ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, “Toshissikkuvati” davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Koʻp kvartirali uylarda issiqlik taʼminoti xizmatlari koʻrsatish” talablariga toʻliq ravishda amal qilinmaganligi oqibatida, qiyoslov hisob-kitob ishlarining yakuniy natijasi fuqarolarning haqli eʼtirozlariga sabab boʻldi va Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasidan tezkor choralar koʻrilishga turtki boʻldi.

Boshqarma tomonidan oʻrganishlar davomida, yuqoridagi qaror talablariga amal qilinmaganlik natijasida “Toshissiqquvvati” davlat unitar korxonasi tomonidan 60112 nafar isteʼmolchilardan 45,8 milliard soʻm notoʻgʻri hisoblangan mablagʻ undirilishiga sabab boʻlganligi aniqlandi.

Issiq suv hisoblagichlarning majburiy davlat qiyoslovi tugashi munosabati bilan isteʼmolchilar bilan issiq suv hisob-kitoblari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Koʻp kvartirali uylarda issiqlik taʼminoti xizmatlari koʻrsatish” talablarini buzgan holda amalga oshirilganligi tufayli, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi talabi va taklifidan soʻng, davlat unitar korxonasi rahbariyati tomonidan qayta hisoblash ishlari amalga oshirildi hamda uning natijasida 2019-yil aprel oyida 49665 nafar isteʼmolchilarga 34,55 milliard soʻm miqdorida pul mablagʻlari qayta hisob-kitob qilindi.

Kelgusidagi fuqarolar manfaatiga ziyon yetkazilish oldini olish, shu bilan ularning eʼtirozlariga sabab boʻlmaslik va davlat organlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlash maqsadida 2019-yil aprel oyida qayta hisob-kitob qilingan barcha isteʼmolchilarga “Toshissiqquvvati” davlat unitar korxonasining tuman boʻlimlari tomonidan qayta hisob-kitoblarni qayta tiklash toʻgʻrisidagi xabarnomalar yuborildi.

Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi

1 167
OʻzA