Namanganda soliq qonunchiligidagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

– Korxonamiz momiq sochiqlar va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, – deydi “Namangan momiq sochiqlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari G‘.Boboxonov. – Faoliyatimizni 20 kishilik jamoa bilan boshlagan edik, bugun esa korxonamizda 300 ga yaqin ishchi mehnat qilmoqda. Korxonamiz rivojida tadbirkorlarga berilayotgan keng imkoniyatlar qatorida soliq imtiyozlari ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, yagona soliq to‘lovi bo‘yicha imtiyoz asosida o‘tgan yili 5 milliard 941 million so‘mdan ko‘proq mablag‘ korxona ixtiyorida qoldirilgani biz uchun juda asqotdi. Tejalgan mablag‘ni yangi texnologiyalar xarid qilishga yo‘naltirdik. Ayni paytda korxonamizda ishlab chiqarilayotgan 400 dan ortiq turdagi mahsulot bilan ichki bozorni ta’minlashdan tashqari Rossiya, Qozog‘iston, Moldova, Bolgariya, Ukraina, Turkmaniston, Qirg‘iziston kabi davlatlarga eksport qilmoqdamiz. Albatta, imtiyoz natijasida tejab qolingan mablag‘ hisobidan kelgusida ish o‘rinlarini yanada ko‘paytirish harakatidamiz.

– Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy yilda soliqqa tortishni soddalashtirish, soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarish va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda,– deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Sattorov. – 2018 yilda korxona va tashkilotlar zimmasidagi soliq yukining kamayishi natijasida birgina Namangan viloyatida qariyb 100 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ korxonalar ixtiyorida qolishi kutilayotir.

Anjumanda soliq qonunchiligidagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazishda faol ishtirok etgan bir guruh ommaviy axborot vositalari vakillariga viloyat davlat soliq boshqarmasining “Tashakkurnoma”si topshirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2018-yilda Namangan viloyatida qariyb 100 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ korxonalar ixtiyorida qolishi mumkin