O‘zA O`zbek

05.01.2018 09:10 Chop etish versiyasi

2018-yilda Farg‘onada nechta tadbirkorlik loyihasi amalga oshiriladi?

2018-yilda Farg‘onada nechta tadbirkorlik loyihasi amalga oshiriladi? Farg‘ona viloyatida o‘tgan yilda maqsadli dasturlar doirasida 2 ming 34 ta loyiha amalga oshirilib, 21 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.

Mamlakatimizda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar aholi farovonligini ta’minlash va yurt obodligiga xizmat qilmoqda. 2017-yilda viloyatda birgina sanoat yo‘nalishida 649 istiqbolli loyiha ishga tushirildi. Tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy ko‘mak berish maqsadida 1 trillion 133 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

Farg‘ona tumanidagi “Mindonobod agrosanoat” agrofirmasida uzumni qayta ishlash, Qo‘qon shahridagi “Avilon Kokand” mas’uliyati cheklangan jamiyatida trikotaj matolarni bo‘yash sexini kengaytirish, Beshariq tumanidagi “Beshariq parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyatida parranda go‘shti mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlari ishga tushirildi.

Viloyatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish, xorijiy korxonalarni ishga tushirish borasida ham salmoqli ishlar olib borilmoqda. O‘tgan yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 42 korxona ish boshladi.

Bir yil davomida viloyatga jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 21,6 million dollarni tashkil etdi. Bugungi kunda viloyatda Xitoy bilan 42, Rossiya bilan 39, Turkiya bilan 12, Koreya bilan 11, Qirg‘iziston bilan 7, Qozog‘iston bilan 8 xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida viloyatda barcha sohalarda manzilli dasturlar ishlab chiqilgan. Tadbirkorlikni, umuman olganda, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha 4 trillion 158 milliard so‘m hajmiga ega bo‘lgan 881 ta loyiha amalga oshiriladi.

45 ta qo‘shma korxona tashkil etiladi. 

M.Sulaymonov, O‘zA
13 300