O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning bugungi holati, amaliyoti va istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari B.Alixonov, Sanoat, qurilish va savdo masalalari ko‘mitasi raisi B.Niyozmatov va boshqalar tayyor mahsulot ishlab chiqarishda mahalliylashtirish darajasini oshirish iqtisodiyot yanada izchil rivojlanishi hamda ishlab chiqarish jarayonlariga yangi samarali texnologiyalar tatbiq etilishini jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Aynan shuning uchun ham mamlakatimizda sanoatni mahalliylashtirish masalalariga iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish zaxiralaridan keng foydalanish orqali zamonaviy raqobatbardosh mahsulot tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, tayyor mahsulot, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish borasidagi tizimli chora-tadbirlar natijasida 2010-2016-yillarda qariyb ikki mingta mahalliylashtirish loyihasi amalga oshirildi. Natijada 7,6 milliard dollar miqdorida import o‘rnini bosuvchi mahsulot tayyorlandi.

– Mahalliylashtirish evaziga so‘nggi uch yilda yuzdan ortiq tovar guruhining importi to‘xtatilib, 350 dan ziyod turdagi mahsulotlarni olib kelish ikki barobarga kamaydi, – deydi O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi bo‘lim boshlig‘i Fazliddin Ro‘ziyev. – Joriy yilda 960 dan ziyod loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Buning evaziga import yana 23 foizga qisqarishi kutilmoqda.

Yig‘ilishda tayyor mahsulot, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bozorning zarur sanoat hamda iste’mol tovarlari bilan to‘lishi, import hajmlari kamayganida o‘z aksini topganligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, ushbu sohaning yanada jadal rivojlanishini ta’minlash uchun ayrim foydalanilmagan zaxiralar va imkoniyatlarni ishga solish, Mahalliylashtirish dasturi doirasida beriladigan soliq va bojxona imtiyozlari haqida tadbirkorlik subyektlarini keng xabardor qilish lozimligiga e’tibor qaratildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2017-yilda 960 dan ziyod mahalliylashtirish loyihasi amalga oshiriladi