O‘zbekcha | Русский | English | Français | Deutsch | العربية Saytning oldingi versiyasi

Iqtisodiyot RSS

Kasanachilar safi kengaymoqda

O‘zA, E.Yodgorov, 29.07.2010 12:01

Davlatimiz rahbarining 2006 yil 5 yanvarda qabul qilingan “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni har tomonlama qulay mehnat usuli samaradorligini oshirishda, ayniqsa xotin-qizlar bandligini ta’minlashda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Buxoro viloyati Shofirkon tumani “Tezguzar” qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi Mayram Abdullayeva ro‘zg‘or yumushi va farzand tarbiyasidan ajralmagan holda daromad topa boshladi. Bunda Shofirkon shahrida Buxoro neftni qayta ishlash zavodining kasanachilik markazi filiali tashkil etilgani asosiy omil bo‘ldi.

– Qishlog‘imizdagi bir necha ayollar bilan Buxoro neftni qayta ishlash zavodining kasanachilik markazi filialiga ishga kirdik, – deydi M.Abdullayeva. – Buyurtmaga ko‘ra ishchi korjomalari, choyshablar, ko‘rpa-to‘shaklar tikib beryapmiz. Zarur materiallarni filial vakillari uyimizga keltirib berib, tayyor mahsulotni olib ketishadi. Uy sharoitida ishlash, shu orqali oila daromadini ko‘paytirish juda qulay ekan. Nomimizga mehnat daftarchasi ochilgan. Bajargan ishimizga qarab maosh olyapmiz. Bizga mehnat ta’tili ham beriladi. Zavod ishchilari kabi barcha imtiyozlardan foydalanmoqdamiz.

Shofirkon tumanida o‘tgan yili tashkil etilgan mazkur filialda kasanachilik asosida ishga qabul qilinganlar 145 nafarga yetdi. Ular tomonidan o‘tgan davrda 46 million so‘mlikdan ziyod ish bajarildi.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi kasanachilik markazining yana bir filiali G‘ijduvon tumanida faoliyat ko‘rsatmoqda.

So‘nggi yangiliklar:

Sport va go‘zallik bayrami

Sobiq askarlar – talabalar safida

Gimnastikachilarimiz xalqaro turnir sovrindori

“Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”

Ob-havo ma’lumoti

Reklama