O‘zbekcha | Русский | English | Français | Deutsch | العربية Saytning oldingi versiyasi

Iqtisodiyot RSS

Yangi omonat turlari

O‘zA, V.Rudakova, 26.07.2010 16:14

Prezidentimiz tashabbusi bilan bank sektorini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tufayli aholining tijorat banklariga ishonchi tobora ortmoqda – mijozlarning bo‘sh mablag‘larini bankka qo‘yishi ko‘paymoqda.

Jismoniy shaxslarning tijorat banklarida saqlanadigan omonatdan olinadigan daromadini soliqdan ozod qilish bu borada muhim omil bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq pul omonatlarini, miqdoridan qaty’i nazar, to‘laligicha qaytarish kafolatlari ta’minlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki chakana bozorda ishlar samaradorligini oshirmoqda. Bank talabdan kelib chiqqan holda, mijozlarga joriy yil boshidan yangi to‘qqizta omonat turini taklif etdi. Sakkiztasi milliy va bittasi xorijiy valutada bo‘lgan ushbu omonat turlari aholining barcha toifalari ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, jozibador daromad foiz stavkalariga ega. Barkamol avlod yilida yoshlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buni 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun milliy valutadagi «Nihol» va xorijiy valutadagi «Boychechak», 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun milliy valutadagi «Barkamol avlod» muddatli omonati va boshqa omonat turlari misolida ham ko‘rish mumkin. Bunda omonatchilarga foiz stavkalari, muddatlar, foizlarni to‘lash shartlari, omonatlarni to‘ldirish yoki muddatidan oldin olish imkoniyati nuqtai nazaridan, o‘zlari uchun mos variantlarni tanlash imkoni berilmoqda.

Bunday qulay va foydali shartlar natijasida omonatchilar safi kengaydi va xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlar soni 2 million kishidan oshdi.

Aholining bo‘sh mablag‘larini jalb qilishda plastik kartochkalar bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitob tizimi alohida o‘rin egallaydi. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidan ma’lum qilishlaricha, ular uchun 2 million dona «elektron hamyon» muomalaga chiqarildi.

Joriy yil boshidan buyon 234,1 ming plastik kartochka muomalaga chiqarildi, ular orqali amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi 424 milliard so‘mdan oshdi. Bu 2009 yilning birinchi yarim yilidagiga qaraganda 2,2 marta ko‘pdir.

To‘lovlarni plastik kartochkalar orqali qabul qiladigan savdo-xizmat ko‘rsatish korxonalari soni 6560 taga yetdi va ularda 7177 savdo terminali o‘rnatilgan. Terminallar orqali savdo aylanmasi 388 milliard so‘mni tashkil qildi va bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 marta ko‘p demakdir.

Aholi bo‘sh mablag‘larining bank kassalariga tushumi pul aylanmasi tizimini mustahkamlash, bankdan tashqari naqd pul aylanmasini qisqartirish, bankning iqtisodiyot real sektorida investitsion faolligini oshirish imkonini beradi.

So‘nggi yangiliklar:

Sport va go‘zallik bayrami

Sobiq askarlar – talabalar safida

Gimnastikachilarimiz xalqaro turnir sovrindori

“Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”

Ob-havo ma’lumoti

Reklama