O‘zA O`zbek

07.06.2019 23:47 Chop etish versiyasi

13 ta davlat mulki obyekti qanchaga sotildi?

13 ta davlat mulki obyekti qanchaga sotildi?

Shu yilning 3-7-iyun kunlari “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻmga teng qiymatdagi 13ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, 33ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha 25 ta obyekt sotildi.

Davlat mulki obyektlari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xududiy boshqarmalari tomonidan ushbu haftada “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻm qilib belgilangan boʻsh turgan 13 ta davlat mulki obyekti 5 mlrd. 850mln. soʻm investitsiya kiritish, 170ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 788 mln. soʻmga sotildi. Bundan tashqari Surxondaryo viloyatidan 1ta obyekt sotuvga chiqarildi.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquq

Yer resurslari boʻyicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 33ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq 12 mlrd. 271 mln. investitsiya kiritish va 130 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 745,36 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida 65ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha


Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha boʻlib oʻtgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 25ta obyekt 2 mlrd 950,3 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida 22ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Daryo oʻzanlari tozalash xuquqi

Ushbu haftada yagona elektron savdo maydonchasida daryo oʻzanlarini tozalashga boʻlgan huquq realizatsiyasi boʻyicha ham yuqori koʻrsatkichlar qayd etildi.

Jumladan hafta davomida jami 6 ta boshlangʻich narxi 2 mlrd. 226,8 mln. soʻmdan boʻlgan obyektlar 2 mlrd 450,1 mln. soʻmga sotildi.Hafta davomida 5 ta boshlangʻich narxi 2 mlrd. 29 mln. soʻmlik daryo oʻzanlarini tozalash uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan.

Metall qazib olish huquqi

Hafta davomida jami 10 ta boshlangʻich narxi 75 mln. soʻmlik oltin qazib olish boʻyicha uchastkalar 96,4 mln. soʻmga sotildi. Shuningdek,“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida xozirgi kunda 11 ta boshlangʻich narxi 82,5 mln.soʻmlikqimmatbaxo metallarni qazib olish xuquqi elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qoʻyilgan obyektlar xususidagi yangiliklarni www.e-auksion.uz va www.uza.uz saytlari orqali kuzatib boring!

“Elektron onlayn-auksionlarni

tashkil etish markazi” DUK PR xizmati

O'zA
3 458