Русский | English | Français | Deutsch | العربية Saytning oldingi versiyasi

Iqtisodiyot RSS

Tashabbuskor tadbirkorlar saralandi

O‘zA, Yorqul Umar, 11.03.2010 20:08

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan an’anaviy “Tashabbus” ko‘rik-tanlovining Navoiy viloyati bosqichi yakunlandi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkdorlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tanlovga qiziqish yil sayin oshib bormoqda.

“Tashabbus-2010” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida o‘ttizdan ortiq tadbirkor, fermer va hunarmand ishtirok etdi. Tadbir doirasida ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat va iste’mol mollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, sifatli oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Har bir ishtirokchining faoliyati, yutuqlari atroflicha o‘rganildi. Natijaga ko‘ra, Uchquduq tumanidagi “Issiq non” ishlab chiqarish xususiy korxonasi rahbari Shukrullo Tilovov “Eng yaxshi tadbirkor” deb topildi. Ishbilarmon tadbirkor rahbarligidagi korxona eng zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan bo‘lib, bu yerda qirq turga yaqin sifatli non va non mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. O‘n kishi doimiy ish o‘rniga ega mazkur korxona o‘tgan yili iste’molchilarga 146 million so‘mlik mahsulot yetkazib berdi.

Nurota tumanidagi Abriy Karimov yetakchilik qilayotgan “Karim-Juman” fermer xo‘jaligi iqtisodi baquvvat subyektlardan hisoblanadi. Dehqonchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan mazkur xo‘jalik 2009 yilni qariyb besh million so‘m sof foyda bilan yakunladi. Ishlab chiqarishda samaradorlik 37,2 foizga ko‘tarildi.

Izlanuvchan fermer Abriy Karimov “Eng yaxshi fermer” yo‘nalishida tanlovning respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Navoiy shahrida salkam qirq yildan buyon bolalar uchun qo‘g‘irchoq va o‘yinchoqlar yasash bilan shug‘ullanib kelayotgan Lyudmila Zavyalova “Eng yaxshi hunarmand” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.

So‘nggi yangiliklar:

Shaxmatchimiz sovrinli o‘ringa da’vogar

Ob-havo ma’lumoti

Iqtidorli sportchilar bellashuvi

Inson manfaatlari doim ustuvor

Telefon tarmog‘i taraqqiyoti

Reklama