| Русский | English | Français | Deutsch | العربية | Saytning oldingi versiyasi |
![]() |
| Siyosat | Iqtisodiyot | Jamiyat | Texnologiyalar | Madaniyat | Sport | Hujjatlar | Xorij xabarlari | Ob-havo | Valyutalar |
Tadbirkorlarning ishonchli hamkoriO‘zA, Sayyora Shoyeva, 11.03.2010 13:17 Buxoro viloyatida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki mikromoliyaviy xizmatlarni targ‘ib qilish, tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan mintaqaviy ko‘rgazmali seminar o‘tkazdi. Unda tadbirkor va ishbilarmonlar, oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlarining bitiruvchilari, mahalla faollari ishtirok etdi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2008 yil 10 noyabrda qabul qilingan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, bankning ustav kapitali oshirilib, ko‘rsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlarning foiz stavkalari pasaytirildi. Bu esa, o‘z navbatida, bankning tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish imkonini berdi. Ayni paytda yurtimizning turli hududlarida bankning 80 filiali, 266 mini banki hamda 30 ga yaqin agentligi faoliyat yuritmoqda. 2009 yilda “Mikrokreditbank” kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga 140 milliard so‘mlik kreditlar berildi. Jumladan, tadbirkorlikni endi yo‘lga qo‘yayotgan ishbilarmonlar uchun boshlang‘ich sarmoya sifatida 13 milliard, tadbirkorlarga 90 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Bankning Buxoro viloyati filiali tomonidan o‘tgan yili ajratilgan 12 milliard 91,2 million so‘m miqdoridagi kreditlarning qariyb olti milliardi sanoat korxonalariga, to‘rt yarim milliardi esa qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga yo‘naltirildi. Natijada viloyatda yetti mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi. Viloyatda Buxoro shahridagi “Manxon servis”, Peshku tumanidagi “Hunar-zar”, Kogon tumanidagi “Belarus parranda” kabi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, faoliyati tobora rivojlanayotgan tadbirkorlik subyektlari ko‘p. Biznesni tashkil etish uchun qulay shart-sharoit yaratish, yakka tartibdagi tadbirkorlar va kasanachilar safini kengaytirish maqsadida “Mikrokreditbank” ko‘plab tadbirlar o‘tkazib kelmoqda. Seminarda bank xodimlari, tadbirkor va ishbilarmonlar qishloq sharoitida mikrosarmoyalardan yanada samaraliroq foydalanish imkoniyatlari, joylarda ishlab chiqarishni keng ko‘lamda tashkil etish, tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash borasida fikr almashdilar. Tadbirda bank mikrosarmoyalari evaziga yaratilgan raqobatbardosh mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Yoshlarga egallagan kasb-hunari bo‘yicha tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishi uchun boshlang‘ich sarmoya olish huquqini beradigan sertifikatlar topshirildi. So‘nggi yangiliklar: Shaxmatchimiz sovrinli o‘ringa da’vogar Iqtidorli sportchilar bellashuvi |
Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |