| Saytning oldingi versiyasi | Русский | English | Français | Deutsch |
![]() |
| Siyosat | Iqtisodiyot | Jamiyat | Texnologiyalar | Madaniyat | Sport | Hujjatlar | Xorij xabarlari | Ob-havo | Valyutalar |
“Ko‘kbozor”da sut mahsulotlariO‘zA, Toshqul Beknazarov, 09.02.2010 09:42 Jizzax shahridagi “Ko‘kbozor”da sut va sut mahsulotlari bilan savdo qiluvchi uchta maxsus shoxobcha ish boshladi. “Davr-M” xususiy korxonasi va “Usta Safar ota” fermer xo‘jaligiga qarashli ushbu shoxobchalarda o‘n turga yaqin sut mahsulotlari sotilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2008 yil 21 aprelda qabul qilingan shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarni ko‘paytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish to‘g‘risidagi qarori tarmoqni yanada rivojlantirishda yangi istiqbollar ochdi. Mazkur hujjat ijrosi doirasida Jizzax viloyatida sut va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Do‘stlik tumanidagi “Usta Safar ota” fermer xo‘jaligida o‘tgan yili minitexnologiya asosida pasterlangan sut, qatiq, kefir, qaymoq, smetana, saryog‘, pishloq kabi o‘n turdagi sifatli, bejirim qadoqlangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Kichik korxona bir kecha-kunduzda ming kilogramm mahsulot tayyorlash quvvatiga ega. Fermer Do‘smamat Qodirqulovning aytishicha, xo‘jalikdagi o‘ttiz bosh sigirdan sog‘ib olinayotgan sut korxonaning ehtiyojini to‘liq qoplamagani bois shaxsiy xo‘jaliklardan ham yarim tayyor mahsulot sotib olinmoqda. Kichik korxonaning mahsulotlari tumandagi maktabgacha tarbiya muassasalariga, shifoxonalarga yetkazib berilmoqda. Bundan tashqari, “Usta Safar ota” fermer xo‘jaligi tuman markazida va Jizzax shahrida sut mahsulotlari bilan savdo qiluvchi shoxobchalarni ochdi. O‘tgan yili Baxmal tumanidagi “Ro‘zi bobo”, Zomin tumanidagi “Absolut avangard plus”, Paxtakor tumanidagi “Jo‘rabek ESH”, Forish tumanidagi “Ibod ota”, Jizzax shahridagi “Ko‘hna Sharq saltanati” fermer xo‘jaliklarida ham sutni qayta ishlash korxonalari, Arnasoy tumanidagi “Maxsussavdo” firmasida sutni qabul qilish punkti ishga tushirildi. Bu yil ham viloyatda shunday korxonalarni tashkil etish bo‘yicha yangi loyihalar ustida ish olib borilmoqda. So‘nggi yangiliklar: Bolalar sporti: asosiy maqsad – sog‘lom avlodni voyaga yetkazish Tashabbuskor tadbirkorlar saralandi |
Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |