O‘zA O`zbek

20.08.2018 12:49 Chop etish versiyasi

10 million dollarlik bitim imzolandi

10 million dollarlik bitim imzolandi
Tojikiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida ikki davlat ishbilarmonlari biznes forumida “O‘zsanoatqurilishbank” va “Amonatbank” (Tojikiston) o‘rtasida 10 million dollarlik bitim imzolandi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Tojikiston banklariga kredit liniyalarini taqdim etish orqali qo‘shni respublikaga eksport qilinayotgan O‘zbekiston mahsulotlari hajmini ko‘paytirishdir.

Qayd etish joizki, davlatimiz rahbarining Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida “O‘zsanoatqurilishbank” va “Oriyonbank” o‘rtasida ham hamkorlik bitimi imzolangan edi. Hozirda ushbu bitim bo‘yicha 5 milliondollarlik kelishuv moliyalashtirildi.

O‘zA
2 187