O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoniga muvofiq endi tadbirkorlar internet yordamida bojxona yuk deklaratsiyalarini o‘z ofislaridan chiqmasdan turib, mustaqil ravishda to‘ldirish va bojxona organlariga taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, bunga qadar tovarlarni respublikamizga olib kirmoqchi yoki eksport qilmoqchi bo‘lgan tadbirkor bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirib berish va bojxona idoralariga taqdim etish uchun ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflab bojxona brokerlari va bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislar ko‘magidan foydalanishga majbur edi.

Endi esa Davlat Soliq qo‘mitasi tomonidan beriladigan elektron raqamli imzoga ega bo‘lgan har bir tadbirkor buni amalga oshirishga to‘la haqli. Buning uchun u elektron raqamli imzo yordamida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali  yoki Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy web saytiga  kirib, dastlab o‘z tashkiloti nomidan tovarlarni deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxatini shakllantiradi. Shundan so‘ng “Deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxati” interaktiv xizmatidan foydalangan holda bojxona yuk deklaratsiyalarini real vaqt rejimida to‘ldirib, bojxona organlariga taqdim etadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1-iyuldan tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik yaratildi