2018-yilda sog‘liqni saqlash muassasalariga qariyb bir trillion so‘mlik dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilinadi
Bu joriy yilda mazkur yo‘nalishga sarflangan xarajatdan 2,5 barobar ko‘pdir.
Bu joriy yilda mazkur yo‘nalishga sarflangan xarajatdan 2,5 barobar ko‘pdir.Onkologiya shifoxonasida davolanayotgan bemorning dori-darmonlari uchun hozirgi paytda bir kunda 10 700 ko‘zda tutilgan bo‘lsa, kelgusi yilda mazkur miqdor 25 700 so‘mni tashkil etadi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Moliya vaziri J.Qo‘chqorov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisidagi ma’ruzasida aytib o‘tgan.
Skrining markazlarini jihozlash, dori-darmon va tibbiyot uchun zarur bo‘lgan vositalar bilan ta’minlashga 86 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Jumladan, barcha tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining perenatal diagnostika kabinetlarini yuqori texnologiyali UZD-skanerlari bilan jihozlanadi. Buning uchun 200 dona UZD-skaneri xarid qilinadi.
Vazirning ta’kidlashicha, 2018-yil Davlat byudjeti parametrlarida sog‘liqni saqlash sohasiga xarajatlar joriy yildagiga nisbatan 1,3 baravar ortib, 9,6 trillion so‘mni tashkil etadi.