Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.02.2017 17:50 Chop etish versiyasi

2020-yilgacha yana 200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi

2020-yilgacha yana 200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi Navoiy erkin iqtisodiy zonasida yuqori kuchlanishga chidamli elektr kabeli va simlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “NRS systems” (Hayat power cable systems) mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi barqaror faoliyat ko‘rsatayotgan zamonaviy korxonalardan.

O‘tgan yili bu yerda alyuminiy eritmasidan 8 mm. diametrli sim ishlab chiqarish o‘zlashtirilgani natijasida 50 ish o‘rni ochildi. 2020-yilgacha korxonada ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hisobidan yana 200 yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

– Jahon standartlariga to‘liq javob beradigan turli o‘lchamdagi mis va alyuminiy kabellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonaning asosiy xomashyo ta’minotchisi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, – deydi korxona direktori Yevgeniy Yerofeyev. – Zamonaviy dastgohlarni boshqarayotgan mutaxassislarning aksariyati kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlardir. Joriy yilda 400 kilometrlik turli kabel va sim eksport qilishni rejalashtirganmiz.

Siroj Aslonov (surat), O‘zA
2 831






Все о погоде - Pogoda.uz