Farg‘ona viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar bermoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 19-iyundagi “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Viloyatda 19 mingdan ziyod kichik biznes sub’ekti faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 784 milliard so‘mdan ortiq investitsiyalar o‘zlashtirildi. 113,6 million dollarlik mahsulot eksport qilindi. Joriy yilning to‘qqiz oyida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi sanoat sohasida 45,7 foizni, qishloq xo‘jaligida 97,5, qurilishda 92,8, chakana savdoda 83,1 foizni tashkil etdi.

784 milliard so‘mdan ortiq investitsiyalar o‘zlashtirildi

E’tiborli jihati, bugungi kunda qishloq hududlarida ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanmoqda.

Toshloq tumanidagi “Mar Tash spesodejda” mas’uliyati cheklangan jamiyati zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Korxonada maxsus ishchi kiyimlari ishlab chiqariladi. Joriy yilning o‘tgan davrida bu yerda 1 milliard so‘mlikdan ortiq mahsulot buyurtmachilarga yetkazib berildi. Ayni kunda jamiyatda 80 kishi mehnat qilmoqda.

– Prezidentimiz rahnamoligida tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, kelgusida ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirish va mahsulotni eksportga chiqarish niyatidamiz, – deydi jamiyat rahbari Ahmadjon Qo‘ziboyev. – Shu maqsadda yangi loyiha – bo‘yoq tarmog‘ini ishga tushirishni rejalashtirganmiz. Loyiha to‘liq amalga oshirilishi bilan ish o‘rinlari soni ikki barobar ko‘payadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ