Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.02.2017 11:47 Chop etish versiyasi

165 kishi ish bilan ta’minlandi

Guliston shahrida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 165 kishi ish bilan ta’minlandi.

Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, mehnat boshqarmasi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 192 korxona, tashkilot va muassasa 1 ming 355 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Bu borada mehnat yarmarkalari ham muhim ahamiyat kasb etayotir.

Bo‘sh ish o‘rinlarining 328 tasi kasb-hunar kollejlarini bitirgan yosh mutaxassislarga mo‘ljallanganini ham alohida ta’kidlash lozim. Yarmarkada taklif etilgan ish o‘rinlarining 75 foizidan ziyodi tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgani viloyatda bandlik masalasini hal etishda kichik biznes vakillarining ulushi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Yarmarka ishtirokchilari korxona, tashkilot va muassasalar mutaxassislari tomonidan ish o‘rinlari, xodimlarga yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy himoya va oylik maoshlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

– Guliston davlat universitetini tugatib, oilaviy sharoitim tufayli uch-to‘rt yil ishlay olmadim, – deydi Madina Allayorova. – Bugungi yarmarkada o‘zimga mos ish topdim. Guliston tumanidagi 23-umumta’lim maktabida ishlaydigan bo‘ldim.

Abdujalol Qayumov, O‘zA
608






Все о погоде - Pogoda.uz