O‘zA O`zbek
Выбрать дату в календареВыбрать дату в календаре

Oʻzbekiston – baynalmilallik va bagʻrikenglikka asoslangan mamlakat
Oʻzbekiston – baynalmilallik va bagʻrikenglikka asoslangan mamlakat

07.09.2018 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasida “Oʻzbekistonda Irqiy kamsitishning barcha turlarini yoʻqotish boʻyicha BMT Konvensiyasining bajarilishi: xalqaro va milliy standartlar” mavzuida oʻtkazilgan xalqaro anjumanda millatlararo munosabatlarning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha davlat siyosatining amalga oshirilishi masalalari muhokama etildi.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish yulida xalqaro hamkorlik
Jinoyatchilikka qarshi kurashish yulida xalqaro hamkorlik

07.09.2018 | Jamiyat

Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Osiyo-Tinch okeani guruhining Seul shahrida (Koreya Respublikasi) oʻtkazilgan oltinchi simpoziumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti va Koreya Respublikasi Moliyaviy razvedka boʻlimi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolandi.

Manzilli grantlar, ijtimoiy himoya va innovatsion yondashuv
Manzilli grantlar, ijtimoiy himoya va innovatsion yondashuv

07.09.2018 | Jamiyat

Xalqaro press-klubda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi tuzilishi, uning oldida turgan vazifalar, grant mablagʻlari ajratish tartibi, komissiyalar faoliyati, istiqboldagi rejalar xususida ochiq muloqot tashkil etildi.

Chet davlatga qancha valyuta olib chiqish mumkin?
Chet davlatga qancha valyuta olib chiqish mumkin?

07.09.2018 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, mamlakatimizda doimiy yashash joyiga ega boʻlgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga 5 ming AQSH dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatgan holda erkin olib chiqib ketishiga ruxsat etiladi.

Yangi ijodiy loyiha muxlislarga muntazir
Yangi ijodiy loyiha muxlislarga muntazir

07.09.2018 | Jamiyat

Sentyabr oyi musiqa bayramlari, sanʼat festivallari, kino premyeralari, konsertlarga boy boʻlmoqda. Bularning barchasi mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, yoshlarni milliy va jahon musiqa merosining eng sara namunalaridan bahramand etish yoʻlida olib borilayotgan ezgu saʼy-harakatlar ifodasidir.

Maqom sanʼati – umumiy boyligimiz
Maqom sanʼati – umumiy boyligimiz

07.09.2018 | Jamiyat

Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom sanʼati anjumani davom etmoqda. Unda dunyoning 73 davlatidan sanʼatshunos olimlar, mutaxassislar, xonanda va sozandalar, hukumat vakillari ishtirok etmoqda. OʻzA muxbiri ularning ayrimlari bilan suhbatlashdi.

Sifat va imtiyoz namoyishi
Sifat va imtiyoz namoyishi

07.09.2018 | Sport

Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan sport jihozlari va inventarlarni xarid qilishda shaffof tizimni yaratish, sifatli mahsulot va maxsus kiyimlar xarid qilish maqsadida koʻrgazma tashkil qilindi.

Shahrisabzda maqom muzeyi ochildi
Shahrisabzda maqom muzeyi ochildi

07.09.2018 | Jamiyat

Musiqachilar tasviri tushirilgan friz – eramizdan avvalgi I asrga taalluqli yodgorlik. U 1937 yilda Surxondaryo viloyatining Ayritom mavzesida olib borilgan arxeologik qazishmalar chogʻida topilgan.

Bola aziz, odobi undan aziz
Bola aziz, odobi undan aziz

07.09.2018 | Jamiyat

Toshkentdagi “Poytaxt” biznes markazida BMT Bolalar jamgʻarmasining (YUNISЕF) mamlakatimizdagi vakolatxonasi tomonidan oʻtkazilgan davra suhbati taʼlim muassasalarida zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha jamoatchilik muloqotini rivojlantirishda ommaviy axborot vositalarining oʻrni mavzusiga bagʻishlandi.

Elektropoyezdning yangi qatnovi barchani quvontirdi
Elektropoyezdning yangi qatnovi barchani quvontirdi

07.09.2018 | Jamiyat

Avval xabar berganimizdek, yuqori darajadagi servis xizmatlari, transport kommunikatsiyasini oʻzida shakllantirgan Buxoro, Samarqand va Qarshi kabi yurtimizning qadimiy va goʻzal shaharlariga yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi oʻz vaqtida Shahrisabz shahriga keldi.

Xalqimiz tarixiga oid yangi kitob
Xalqimiz tarixiga oid yangi kitob

07.09.2018 | Jamiyat

Poytaxtimizdagi “Wyndham“ mehmonxonasida tarix fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Ahmadali Asqarov qalamiga mansub“Oʻzbek xalqining kelib chiqish tarixi” nomli asarning rus tilida chop etilgan nashri – “Istoriya proisxojdeniya uzbekskogo naroda” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Tarixchi olim bilan uchrashuv
Tarixchi olim bilan uchrashuv

07.09.2018 | Jamiyat

Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tarixchi-arxeolog olim Ahmadali Asqarov bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda olimning shogirdlari, professor-oʻqituvchilar, yosh izlanuvchilar, talabalar ishtirok etdi.

Juma – “Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni”
Juma – “Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni”

07.09.2018 | Jamiyat

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 avgustdagi “Yoʻl harakati xavfsizligi kunini oʻtkazish va yoʻl-transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida Toshkent viloyati YHXB tomonidan tadbir tashkil etildi.

Okeanlar kemalar qabristoni...mi?
Okeanlar kemalar qabristoni...mi?

07.09.2018 | Jahon

BMT mutaxassislari qadimdan shu kungacha boʻlgan kemalar halokatini oʻrganar ekan, bugungi kunda dunyo okeanlari tubida 3 millionga yaqin choʻkib ketgan kemalar bor, degan fikrni ilgari surdi. Shu sababli ham jahon okeanlari tubini “choʻkkan kemalar qabristoni” deb atash mumkin.

Isteʼmolchi talabi qanoatlantirildi
Isteʼmolchi talabi qanoatlantirildi

07.09.2018 | Jamiyat

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumandagi “Meliorator” koʻchasida yashovchi Ismoil Asanovdan murojaat kelib tushdi. Unga koʻra, isteʼmolchi tuman dehqon bozoridagi “Mangʻit saoʻda” shoxobchasidan joriy yilning fevral oyida 2 million 350 ming soʻmga “Biryusa-6” nomli muzlatkichni sotib olgan.

Sudyalarga xalq baho beradi
Sudyalarga xalq baho beradi

07.09.2018 | Jamiyat

Prezidentimiz taʼkidlaganidek, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish orqali xalqimizning sud tizimiga boʻlgan ishonchini qatʼiy mustahkamlash, sudni tom maʼnoda “Adolat qoʻrgʻoni”ga aylantirish zarur

Oʻzbekiston chavondozlari finalda
Oʻzbekiston chavondozlari finalda

07.09.2018 | Sport

Qirgʻizistonda boʻlib oʻtayotgan Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida uloq koʻpkari bahslarida Oʻzbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirdi

Aholiga qulayliklar yaratish – ezgu ish
Aholiga qulayliklar yaratish – ezgu ish

07.09.2018 | Iqtisodiyot

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki davlatimiz rahbarining 2018-yil 23-martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, mijozlariga sifatli xizmat koʻrsatish, qoʻshimcha qulayliklar yaratishga alohida eʼtibor qaratmoqda

Ichimlik suvi ta'minoti yaxshilandi
Ichimlik suvi ta'minoti yaxshilandi

07.09.2018 | Jamiyat

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani “Qirqquloch“ mahalla fuqarolar yigʻini hududida ichimlik suviga boʻlgan talab va ehtiyoj hisobga olingan holda 615 xonadonning bu boradagi muammosi bartaraf etildi.

Harbiy xizmatchilar sayohatga chiqdi
Harbiy xizmatchilar sayohatga chiqdi

07.09.2018 | Jamiyat

Samarqand shahridagi harbiy qism xizmatchilari va ularning oila aʼzolari uchun “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar oʻtkazildi.

Yangi mavsumda yangi spektakl
Yangi mavsumda yangi spektakl

07.09.2018 | Madaniyat

Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri navbatdagi 46-teatr mavsumini yangi premyera spektakl bilan keng jamoatchilik ishtirokida ochdi. Spektakl “Moya prekrasnaya ledi” deb nomlanadi

ONLAYN. Ham tez, ham qulay
ONLAYN. Ham tez, ham qulay

07.09.2018 | Jamiyat

Avval xabar berganimizdek, Toshkent-Shahrisabz-Toshkent yoʻnalishida Qashqadaryo viloyatiga qatnovchi “Afrosiyob” tezyurar poyezdi Qarshi shahri orqali Shahrisabz yoʻlida davom etmoqda

OB-HAVO MAʼLUMOTI
OB-HAVO MAʼLUMOTI

07.09.2018 | Jamiyat

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8-sentabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 29-31 daraja issiq boʻladi.

Zamonamizning asosiy muammolaridan biri...
Zamonamizning asosiy muammolaridan biri...

07.09.2018 | Jahon

Savodxonlik insonni shaxs etib shakllanishida eng muhim omil ekani hech kimga sir emas. Savodli inson hayotda oʻz oʻrnini topib ketishi aniq. Savodxonlik nafaqat huquq, balki majburiyat ekanini aslo unutish kerak emas.

1 sentyabrdan oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarining maoshi oshirildi
1 sentyabrdan oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarining maoshi oshirildi

07.09.2018 | Jamiyat

Prezidentimizning 2018-yil 5-apreldagi “Respublika oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq 2018-yil 1-sentyabrdan boshlab oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari oʻrtacha 25 foizga oshirildi

“AFROSIYOB”ning yangi manzili
“AFROSIYOB”ning yangi manzili

07.09.2018 | Jamiyat

Toshkent – Shahrisabz – Toshkent yoʻnalishida zamonaviy “Afrosiyob” tezyurar poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyilishi munosabat bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun mediatur tashkil etildi


Новости 1 - 60 из 60
Начало | Пред. | 1 | След. | Конец По стр.