O‘zA O`zbek
Выбрать дату в календареВыбрать дату в календаре

Oʻzbekiston – baynalmilallik va bagʻrikenglikka asoslangan mamlakat
Oʻzbekiston – baynalmilallik va bagʻrikenglikka asoslangan mamlakat

07.09.2018 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasida “Oʻzbekistonda Irqiy kamsitishning barcha turlarini yoʻqotish boʻyicha BMT Konvensiyasining bajarilishi: xalqaro va milliy standartlar” mavzuida oʻtkazilgan xalqaro anjumanda millatlararo munosabatlarning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha davlat siyosatining amalga oshirilishi masalalari muhokama etildi.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish yulida xalqaro hamkorlik
Jinoyatchilikka qarshi kurashish yulida xalqaro hamkorlik

07.09.2018 | Jamiyat

Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Osiyo-Tinch okeani guruhining Seul shahrida (Koreya Respublikasi) oʻtkazilgan oltinchi simpoziumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti va Koreya Respublikasi Moliyaviy razvedka boʻlimi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolandi.

Manzilli grantlar, ijtimoiy himoya va innovatsion yondashuv
Manzilli grantlar, ijtimoiy himoya va innovatsion yondashuv

07.09.2018 | Jamiyat

Xalqaro press-klubda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi tuzilishi, uning oldida turgan vazifalar, grant mablagʻlari ajratish tartibi, komissiyalar faoliyati, istiqboldagi rejalar xususida ochiq muloqot tashkil etildi.

Chet davlatga qancha valyuta olib chiqish mumkin?
Chet davlatga qancha valyuta olib chiqish mumkin?

07.09.2018 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, mamlakatimizda doimiy yashash joyiga ega boʻlgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga 5 ming AQSH dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatgan holda erkin olib chiqib ketishiga ruxsat etiladi.

Yangi ijodiy loyiha muxlislarga muntazir
Yangi ijodiy loyiha muxlislarga muntazir

07.09.2018 | Jamiyat

Sentyabr oyi musiqa bayramlari, sanʼat festivallari, kino premyeralari, konsertlarga boy boʻlmoqda. Bularning barchasi mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, yoshlarni milliy va jahon musiqa merosining eng sara namunalaridan bahramand etish yoʻlida olib borilayotgan ezgu saʼy-harakatlar ifodasidir.

Maqom sanʼati – umumiy boyligimiz
Maqom sanʼati – umumiy boyligimiz

07.09.2018 | Jamiyat

Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom sanʼati anjumani davom etmoqda. Unda dunyoning 73 davlatidan sanʼatshunos olimlar, mutaxassislar, xonanda va sozandalar, hukumat vakillari ishtirok etmoqda. OʻzA muxbiri ularning ayrimlari bilan suhbatlashdi.

Sifat va imtiyoz namoyishi
Sifat va imtiyoz namoyishi

07.09.2018 | Sport

Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan sport jihozlari va inventarlarni xarid qilishda shaffof tizimni yaratish, sifatli mahsulot va maxsus kiyimlar xarid qilish maqsadida koʻrgazma tashkil qilindi.

Shahrisabzda maqom muzeyi ochildi
Shahrisabzda maqom muzeyi ochildi

07.09.2018 | Jamiyat

Musiqachilar tasviri tushirilgan friz – eramizdan avvalgi I asrga taalluqli yodgorlik. U 1937 yilda Surxondaryo viloyatining Ayritom mavzesida olib borilgan arxeologik qazishmalar chogʻida topilgan.

Bola aziz, odobi undan aziz
Bola aziz, odobi undan aziz

07.09.2018 | Jamiyat

Toshkentdagi “Poytaxt” biznes markazida BMT Bolalar jamgʻarmasining (YUNISЕF) mamlakatimizdagi vakolatxonasi tomonidan oʻtkazilgan davra suhbati taʼlim muassasalarida zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha jamoatchilik muloqotini rivojlantirishda ommaviy axborot vositalarining oʻrni mavzusiga bagʻishlandi.

Elektropoyezdning yangi qatnovi barchani quvontirdi
Elektropoyezdning yangi qatnovi barchani quvontirdi

07.09.2018 | Jamiyat

Avval xabar berganimizdek, yuqori darajadagi servis xizmatlari, transport kommunikatsiyasini oʻzida shakllantirgan Buxoro, Samarqand va Qarshi kabi yurtimizning qadimiy va goʻzal shaharlariga yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi oʻz vaqtida Shahrisabz shahriga keldi.

Xalqimiz tarixiga oid yangi kitob
Xalqimiz tarixiga oid yangi kitob

07.09.2018 | Jamiyat

Poytaxtimizdagi “Wyndham“ mehmonxonasida tarix fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Ahmadali Asqarov qalamiga mansub“Oʻzbek xalqining kelib chiqish tarixi” nomli asarning rus tilida chop etilgan nashri – “Istoriya proisxojdeniya uzbekskogo naroda” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.


Новости 1 - 20 из 60
Начало | Пред. | 1 2 3 | След. | Конец Все