Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yangiliklar


Kunlik yangiliklar
O‘zbekiston hayotiga oid to‘liq, tezkor va ishonchli yangiliklar. Ushbu yangiliklar O‘zA muxbirlarining respublikada ro‘y berayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va sport voqealari haqidagi axborotini va ularning sharhlarini o‘z ichiga oladi. Mamlakatimiz ijro, qonunchilik va sud hokimiyatining yuqori idoralari faoliyati to‘g‘risidagi materiallar – Prezident farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy Majlis tomonidan qabul qilinayotgan qonun hujjatlari haqidagi eng so‘nggi axborot obunachilarga o‘zbek va rus tilida real vaqt rejimida, shanba va yakshanbadan tashqari har kuni uzatilmoqda.

Bir satrdan iborat yangiliklar

Radioyangiliklar uchun mo‘ljallangan, respublika va xorijda sodir bo‘layotgan asosiy voqealar haqida, kunlik yangiliklar asosidagi qisqa axborot mahsulotidir. Bir kunda bir necha marta o‘zbek, rus, ingliz, fransuz, nemis, ispan, arab va xitoy tillarida elektron shaklda beriladi.

Fotoxizmat

Fotoyangiliklar

O‘zA fotomuxbirlarining respublikada ro‘y berayotgan muhim voqealar to‘g‘risidagi kunlik tezkor yangiliklari hamda muhim axboroti, shu jumladan mamlakatimiz hududlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot haqidagi fotoreportajlari.

Fotobank

O‘zA fototekasida bir necha avlod fotoustalar ijodiga mansub turli mavzudagi o‘ng minglab suratlar to‘plangan. Agentlik fotobanki ular orasidan O‘zbekiston hayoti bo‘yicha axborot va mavzuga oid fotosuratlarni tanlash imkonini beradi.

Fotoservis

Fotoxronika tahririyati istalgan mavzuda badiiy va hujjatlar fotoko‘rgazmalarni yuksak saviyada tashkil etishni taklif qiladi. Agentlik yuqori sifatli katta hajmli fotosuratlarni chop etish imkoniga egadir. Mamlakatdagi eng yaxshi fotosuratchilar reklama va portret uchun suratga olish ishlarini bajarishi mumkin.

Tarjima

O‘zAda yuqori malakali va tezkor uslubda ishlaydigan tarjimonlar mehnat qilmoqda. Ular qisqa muddat ichida rasmiy, tezkor va turli mavzuga oid axborotni o‘zbek, rus, ingliz, fransuz, nemis, ispan, arab va xitoy tillariga tarjima qiladi. Materialning yuksak savayada tarjima qilinishi kafolatlanadi.

Biz axborot va PR sohasida har qanday hamkorlik uchun tayyormiz.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi-O‘zA vebsayti (www.uza.uz) da ko‘rsatiladigan xizmatlarning xarajatlari kalkulyatsiyasi



T/r

Interaktiv xizmatlar turi

Qo‘shimcha ma’lumotlar*

Muddati va narxi

1 kunga

1 oyga

3 oyga

6 oyga

12 oyga

1.

Bannerning yuqori qismiga joylashtirish

1000 х 90, 25 %

16 700

500 000

1 500 000

3 000 000

6 000 000

2.

Bannerning o‘ng tomoniga joylashtirish

1) 240 х 400, 25 %
2) 240 х 400, 25 %

15 000

13 300

450 000

400 000

1 350 000

1 200 000

2 700 000

2 400 000

5 400 000

4 800 000

3.

PR-maqola

Bitta maqolani yozish, turli tillarga tarjima qilish va joylashtirish.

13 300

400 000

1 200 000

2 400 000

4 800 000

4.

Valyuta kursi homiysi

Bosh sahifada va “Iqtisodiyot” ruknida ko‘rsatiladi.

13 300

400 000

1 200 000

2 400 000

4 800 000

5.

Saytlar uchun

www.uza.uz sayti materiallaridan foydalanish.**

6 660

200 000

600 000

1 200 000

2 400 000


*Izoh: Reklama saytga ikkitadan ortiq tilda joylashtirilsa 10 (o‘n) foizgacha qo‘shimcha haq to‘lanadi. Doimiy mijozlarga va uzoq muddatli reklama beruvchilarga 20 foizgacha chegirma berilishi mumkin.

**: O‘zA saytidan foydalanilgan axborotlar va fotoaxborotlar uchun unga “O‘zA” tamg‘asini qo‘yish yoki manbaini “O‘zA”ning axboroti deb ko‘rsatilishi va belgilangan tartibda shartnoma tuzilishi shart.







Все о погоде - Pogoda.uz