Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘zA rahbariyati

Bosh direktor:

Bosh direktor o‘rinbosarlari:

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash

  • Hidoyatov Bekzod Shavkatovich, kotibiyat mudiri
Qabul kunlari: 
Dushanbadan – jumagacha 
9:00 - 18:00

Ko‘chimov Abdusaid Ko‘chimovich

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori.

1951-yil 15-may kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek, partiyasiz. Ma’lumoti – oliy.

1972-yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika (hozirgi universitet) institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan.

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» unvoni, «Mehnat shuhrati» ordeni, «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyatini «O‘qituvchi» nashriyotidan boshlagan.

Bolalar gazetasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, bosh muharrir lavozimlarida mehnat qilgan. “Sharq yulduzi” jurnalida mas’ul kotib, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bo‘lim mudiri, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Axborot markazi rahbari, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi, “Toshkent” teleradiokanali bosh direktori, “Xabar” gazetasi bosh muharriri lavozimlarida xizmat qilgan.

Yozuvchi, yigirmaga yaqin she’riy va nasriy kitoblari chop etilgan.

2017-yil 10-avgustdan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

Qabul kunlari:
Dushanba     
14:00 - 16:00

Meliqulov Jumanazar Hayitovich

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori o‘rinbosari.

05.07.1966-yilda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek, partiyasiz. Ma’lumoti – oliy.

1993-yilda O‘zbekiston Milliy universitetining o'zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Rus tilini biladi. 1999-yili “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyatini Sho‘rchi paxta tozalash zavodiga qarashli “O‘zbekiston” paxta tayyorlash punktida ishchilikdan boshlagan. Qumqo‘rg‘on tumanidagi “O‘zbekiston” davlat xo‘jaligi ishchisi, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi ishchisi, Glavtashkentstroy” birlashmasining 34-qurilish boshqarmasi tizimidagi 2-uy-joy qurilish kombinati ishchisi , “Vatan” gazetasi muxbiri, bo‘lim mudiri, “Fidokor” gazetasi katta muxbiri, bo‘lim muharriri, bosh muharrir o‘rinbosari, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Xalqaro axborot tahririyati bosh muharriri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat, matbuot va ijodiy tashkilotlar ishlari bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmati Axborot-tahrir guruhining yetakchi konsultanti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Ommaviy axborot vositalari, madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati yetakchi konsultanti lavozimlarida ishlagan.

2013-yildan buyon O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Qabul kunlari:
Chorshanba
11:00-13:00

   







Все о погоде - Pogoda.uz