Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘zA haqida

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi davlat rasmiy axborot manbai va mamlakatdagi yetakchi axborot agentligidir.

Agentlik solnomasi 1918 yili Toshkentda RosTA bo‘limi ochilganidan boshlanadi. Keyinchalik u TASS tizimidagi O‘zTAG – Respublika Telegraf Axborot agentligiga aylantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan 1992 yil 5 fevral kunidan e’tiboran agentlik O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) sifatida qayta tashkil etildi.

Bugungi kunda O‘zA O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari faoliyati va mamlakatdagi muhim ijtimoiy-siyosiy voqealarni to‘laligicha yoritib kelmoqda. Agentlikning viloyatlardagi muxbirlar tarmog‘i mamlakatning barcha hududlaridagi o‘zgarishlar va yangiliklar haqida tezkor va obyektiv axborot uzatish imkonini beradi.

O‘zA axboroti o‘zbek, rus, ingliz, fransuz, nemis, ispan, arab va xitoy tillarida tarqatiladi. 






Все о погоде - Pogoda.uz