Qibray tumanidagi "Do‘rmon" majmuasida 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali marosim o‘tkazildi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, viloyat faollari, tizimda mehnat qilayotgan Toshkent viloyatining fidoyi va ilg‘or o‘qituvchilari qatnashgan tadbirni ochib bergan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev o‘zining iliq tilaklarini bildirib, Prezidentimizning soha xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Bayram arafasida Prezident qarori bilan Vatanimizning yuksak orden va medallariga sazovor bo‘lgan viloyatdagi bir guruh o‘qituvchi va murabbiylarga davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, faoliyatida erishgan ijobiy natijalari uchun bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar viloyat hokimligining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ta’kidlash lozimki, davlatimiz tomonidan ta’limga berilayotgan e’tibor samarasida bu yil Toshkent viloyatida 887 ta davlat umumta’lim maktabi bilan bir qatorda 2 ta nodavlat, 17 ta xususiy maktab ham samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.

Viloyatdagi 13 ta (7 ta davlat, 6 ta nodavlat)  oliy ta’lim muassasasida jami 67 mingdan ziyod talaba bilim olayapti.

“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom olgan mazkur yilda maktab ta’limiga berilayotgan e’tiborning mevalari sifatida maktablarni bitirgan o‘quvchilardan 1 ming 215 nafari muddatidan oldin eng nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlari talabasiga aylandi, 96 nafari esa nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bunda fidoyi o‘qituvchilarning mehnati kattadir.

O‘z navbatida joylardagi 44 ta maktabda qurilish- ta’mirlash ishlari amalga oshirildi, 5 ta maktab yangidan bunyod etildi. Yangi o‘quv yilida viloyatdagi 887 umumta’lim maktabida 527 ming 743 nafar, shundan 1-sinflarda 57 ming 77 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Bayram tantanalari hududlar bo‘ylab davom etmoqda. Xususan, bugundan boshlab Nurafshon shahridagi "Yangi O‘zbekiston bog‘i" da sayil bo‘lib o‘tadi.

A.Musayev,

O‘zA muxbiri.

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchi va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi