Xabaringiz bor, O‘zbekistonda eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati hukumat qarori bilan o‘zgargan edi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021 yil 18 noyabrda “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritilgan.
Unga ko‘ra, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirilgan:
- 2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha (oldin 2022 yil 31 martgacha edi);
- 2010–2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha (oldin 2022 yil 30 iyungacha edi);
- 2013–2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentyabrgacha (oldin 2022 yil 30 sentyabrgacha edi);
- 2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha (oldin 2022 yil 31 dekabrgacha edi.
g) eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar ularning berilgan sanasiga muvofiq holda:
2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari — 2022 yil 1 apreldan;
2010 — 2012 yillarda berilganlari — 2022 yil 1 iyuldan;
2013 — 2015 yillarda berilganlari — 2022 yil 1 oktyabrdan;
2015 yildan keyin berilganlari — 2023 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi”.
Bugungi kunda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari yangisiga almashtirish bilan bog‘liq barcha jarayonlar aholiga qulaylik yaratish maqsadida davlat xizmatlari markazlarida amalga oshiriladi. Yangi guvohnoma eskisidan plastik shaklda tayyorlanganligi bilan hamda 10 yil muddatga berilishi bilan farq qiladi.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, bu safargi o‘zgarishlarga 1968 yil Venada qabul qilingan “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Konvensiya tavsiyalariga muvofiqligini ta’minlash va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni samarali tashkil etish maqsad qilib qo‘yilgan.
Bundan tashqari, yangi namunadagi guvohnomalar xalqaro standartlar asosida yaratilgan bo‘lib, boshqa davlat hududida ham ishlatish imkoniyati yaratishi, Vazirlarlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyundagi 389-qaroriga asosan egasining shaxsini tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomi berilganligi bilan ajralib turadi.
O‘zbekistonda so‘nggi 20 yil ichida uchinchi marta umummilliy miqyosda haydovchilik guvohnomasi almashtirilmoqda. 2006 yildan oldin 1998 yilda ham O‘zbekistonlik haydovchilarga “yangi namunadagi” guvohnoma olishga majbur bo‘lishgan. Yangi namunadagi hujjatlarni xalqaro talablarga moslash va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish maqsadida qilinayotganligi ta’kidlanmoqda. Respublika bo‘yicha eski namunadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan haydovchilar soni – qariyb 5,7 million nafarni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, eski haydovchilik guvohnomalarini majburiy almashtirish muddatlari Hukumat tomonidan 2 marotaba (dastlab, 2020 yildan – 2021 yilning oxiriga qadar, keyinchalik 2021 yildan – 2022 yilning so‘nggiga qadar) uzaytirilgan edi.
M.Turdaliyeva, O‘zA