O‘zbek davlatchiligining yangi bir tarixi, yaratilayotgan ulkan o‘zgarishlar davrida yashayapmiz. Baxtimiz shundaki, shu tarixni yozish bugungi avlodning taqdiriga bitilgan! Vatanimizda sodir bo‘layotgan olamshumul yangilanishlarning shiddati va ulug‘vor maqsadlari har birimizga jo‘shqinlik, g‘ayrat-shijoat bag‘ishlamoqda.

Atrofimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilib, ularning asosida “Inson qadri uchun” degan bunyodkor g‘oya mujassam ekanini sezish qiyin emas. 

Jamiyatimizning a’zosi bo‘lgan har bir inson bu sa’y-harakatlarning mazmun-mohiyatini tushunishi va bu islohotlar uning kelajakda emas, aynan bugun yaxshi yashashi uchun qilinayotganini chuqur anglashi lozim. Shundagina u tom ma’noda “uyg‘onadi”, tomoshabin bo‘lmaydi va jarayonlarning chinakam ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyatimizni harakatga keltiradigan kuch ham aynan shu “uyg‘onish effekti”dir. 

Uyg‘oq odamgina o‘z-o‘ziga savollar beradi, o‘z o‘rnini axtaradi, atrofidagi voqeliklarga befarq bo‘lmaydi va o‘zida jamiyatga  daxldorlikni his qiladi. Menimcha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning orzusidagi Yangi O‘zbekistonning bunyodkori aynan shu – Uyg‘oq odamdir! 

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan axborot sohasini erkinlashtirish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli sa’y-harakatlar aynan shunday – Vatan taqdirini o‘z taqdiri deb biladigan uyg‘oq shaxsni tarbiyalashga qaratilgan. Shu boisdan fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatini rivojlantirishga, fuqarolarning so‘z erkinligiga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashga davlat siyosatining ustuvor vazifasi sifatida qaralmoqda. Chunki, uyg‘oq shaxs erkin jamiyatdagina kamol topadi va aynan shunday sharoitda u o‘z salohiyatini namoyon etishga intiladi, harakatga keladi. Bunda ommaviy axborot vositalari beqiyos o‘rin tutadi.  So‘z erkinligi huquqining mavjudligi va rivoji jamiyatda xilma-xillikni yuzaga chiqaradi va fuqarolarning jamiyat boshqaruvidagi faol ishtirokini ta’minlaydi. 

Oxirgi 7–8 yilda O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatini tartibga solishga doir qonuniy asoslarni takomillashtirish  borasida e’tiborga molik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu yo‘nalishdagi islohotlar allaqachon muqarrar va ortga qaytmaydigan tus olgan.  Yangilangan Konstitutsiyamizda ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishini ta’minlash bo‘yicha muhim qoida va tamoyillar mustahkamlandi. Ijodiy jamoalarni rag‘batlantirish, sohaning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan ishlar tizimli xarakter kasb etmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda so‘z erkinligi va fikrlar xilma-xilligiga erishish yo‘lida yangi imkoniyatlar ochilgani media vositalari vakillarining ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, o‘rni va nufuzini yanada kuchaytirmoqda.

“Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” yurtimizda muhim sana sifatida keng nishonlanib kelayotgani, shu munosabat bilan kuni kecha O‘zbekiston Prezidentining tabrik yo‘llagani va soha xodimlarining bir guruhini yuksak mukofotlar taqdirlaganining o‘zi ham bu masalaga davlatimizning ustuvor e’tiborini ko‘rsatadi. 

Mamlakatimiz rahbarining bayram tabrigida atoqli jadid bobomiz Hoji Muinning “Matbuot tarixi – Uyg‘onish davri tarixining bir bo‘lagidir” degan so‘zlari keltirilgani bejizga emas. Milliy yuksalish qayg‘usida yashagan va jonini fido qilgan jadidlar millatni uyg‘otish va jamiyatni harakatga keltirish maqsadini aynan matbuot rivoji bilan uzviy bog‘liq holda ko‘rishgan. Tarixiy manbalar jadidchilik harakatining paydo bo‘lishi va quloch yozishida matbuot muhim o‘rin tutganini tasdiqlaydi. Jadid bobolarimizning milliy uyg‘onish g‘oyalari aynan matbuot vositasida keng tarqalgan va o‘z tarafdorlarini topgan.       

Bugungi kunda ham Uchinchi renessansga erishish, Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek ulug‘vor g‘oyalarni odamlar ongiga singdirish, xalqimizni yangi marralarga ruhlantirish va harakatga keltirishda ham ommaviy axborot vositalaridek ta’sirchan vosita  yo‘q. Prezidentimiz o‘z tabrigida global ijtimoiy-siyosiy jarayonlar beqiyos shiddat bilan o‘zgarayotgan hozirgi o‘ta murakkab va notinch dunyoda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va ta’siri har qachongidan ham kuchli ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladilar.

Darhaqiqat, globallashuv sharoitida axborot dunyodagi eng qimmat mahsulotga va eng xavfli qurolga aylandi. Xorijlik tahlilchilardan biri aytganidek, “Dunyo yadro jomadonidagi tugmachalar bilan emas, mikrofon oldidagi tugmachalar bilan boshqariladigan bo‘lib qoldi”. Urush maydonlaridagi  talafotlardan ko‘ra  axborot xurujlari keltirib chiqarayotgan oqibatlar tobora xavfliroq va keng ko‘lamli tus olmoqda. 

Davlatimiz rahbari o‘z tabrigida bugungi dunyoda ana shunday tahlikali chaqiriqlar yuzaga kelayotganini qayd etib, soha xodimlari oldidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdilar. Xususan, bepoyon media-olamda xolis va haqqoniy axborot tarqatish bilan birga, milliy manfaatlarimizni qat’iy himoya qilish milliy jurnalistikamizning kechiktirib bo‘lmas dolzarb vazifasi ekani alohida ta’kidlandi.          

Jahonda va mintaqamizda kechayotgan geosiyosiy manfaatlar kurashi shunchalik murakkabki, ommaviy axborot vositalari xodimlari  har bir voqea-hodisani tahlil qila olishi, baholashi va har bir axborot ortidagi maqsadlarni teran anglamog‘i lozim. Shundagina ular turli axborot xurujlariga qarshi tura olishi, axborot makonida milliy manfaatlarimizni qat’iy himoya qila olishi mumkin. Prezident tabrigida jurnalist ahlining mashaqqatli mehnati muqaddas sarhadlarimizda sergak turgan Vatan posbonlarining jasoratiga qiyoslanganini xuddi shu yondashuvdan kelib chiqib qabul qilish lozim bo‘ladi. 

“To‘rtinchi hokimiyat” vakillari Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot modelini, o‘ziga xos islohotlar yo‘lini va ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlarning asl mohiyatini puxta bilishi va qiyosiy tahlil qila olishi zarur. Aynan shu jihatlar milliy manfaatlarimizga mos keladigan milliy kontent yaratish salohiyatini yuzaga chiqaradi. Shuningdek, bugungi jurnalistdan  professional bilim va mahoratni uzluksiz oshirib borish, axborot tarqatishning zamonaviy usullarini va shiddat bilan rivojlanayotgan sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘zlashtirish talab etiladi. 

Davlatimiz rahbarining tabrigida mamlakatimizda so‘nggi yillarda yetishib kelayotgan o‘z kasbini, ona tili bilan birga xorijiy tillarni, IT texnologiyalarni puxta egallagan, jonkuyar va vatanparvar yangi jurnalistlar avlodiga katta Ishonch va Umid bor!

Bir so‘z bilan aytganda, ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar jamiyatning Uyg‘oq vijdoniga aylanishi kerak! Biz taraqqiyotimizga raxna solayotgan turli illatlar, muammolar va korrupsiya balosi haqida har doimgidan-da balandroq va kuchliroq bong urishimiz darkor. 

Jamiyatni yangi marralar sari ruhlantirmoqchi va odamlarni uyg‘otmoqchi bo‘lgan insonlarning o‘zi, eng avvalo, uyg‘oq va sergak bo‘lishi kerak! Shu ma’noda murakkab davrning o‘zi bugungi kun jurnalisti zimmasiga O‘zbekiston tarixining avvalgi hech bir davrida kuzatilmagan tarixiy zaruratni yuklamoqda. Bu – Uyg‘oqlik sharafi va mas’uliyatidir!

Kamtarona xizmatim uchun Prezidentimiz tomonidan berilgan “Do‘stlik” ordenini qabul qilib olarkanman, mana shu zalvorli yukni ich-ichimdan his qildim. Bu yuksak e’tirofni, eng avvalo, kelgusida qilishim zarur bo‘lgan va mendan kutilayotgan katta ijodiy ishlar uchun rag‘bat deb qabul qildim. Ijodkorni qadrlaydigan shunday betakror yurtning farzandi ekanimdan faxr tuydim. Hayajon silsilasida yangi rejalar  tug‘ildi. Matbuot kotibi sifatida oldimga o‘zim ishlayotgan tashkilotimiz faoliyatida yanada ochiqlikni ta’minlash, keng jamoatchilik va murojaatlar bilan ishlashga doir  zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish bo‘yicha yangi maqsadlarni qo‘ydim. 

Vatanimiz erishayotgan tarixiy zafarlar ijod ahli uchun tuganmas ilhom baxsh etmoqda. Qo‘lida qalam tutgan har bir jurnalist uchun Uyg‘oqlik sharafi va mas’uliyatini yurakdan his qilgan holda, doimiy faol va o‘ziga talabchan bo‘lish, axborot makonida milliy manfaatlarimizni qat’iy himoya qilish nafaqat kasbiy vazifa yoki zarurat, balki bu – chin farzandlik burchi va vijdon ishidir! 

Shuhrat Oripov,

“Do‘stlik” ordeni sohibi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uyg‘oqlik sharafi va mas’uliyati