Toshkent mehmonxona xo‘jaligi kollejida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Britaniya Kengashi tomonidan “Ingliz tili turizm uchun” qo‘shma loyihasi doirasida turizm sohasi mutaxassislarini tayyorlaydigan kasb-hunar kollejlarining ingliz tili o‘qituvchilari uchun trening tashkil etildi.

Mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, jumladan, turizm sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chet tillarni puxta egallash ushbu soha mutaxassislariga qo‘yiladigan asosiy talablardan biridir. Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘quvchilarning ushbu mutaxassislik doirasida so‘z boyligini ko‘paytirishga qaratilgan “Ingliz tili turizm uchun” o‘quv kursi chet tillarni o‘rganish jarayonini takomillashtirishda samarali vosita bo‘lmoqda. Loyihani sinovdan o‘tkazishda 20 nafar o‘qituvchi va 800 nafar kollej o‘quvchisi ishtirok etib, tilni yangi uslub bo‘yicha o‘rganmoqda. Turizm kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarining malakasini oshirish, o‘quvchi va pedagoglar uchun o‘quv materiallarini ishlab chiqish, shuningdek, ushbu mutaxassislik bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan treninglar o‘tkazilmoqda. 

– Bu “Ingliz tili turizm uchun” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan to‘rtinchi seminardir, – deydi loyiha mutaxassisi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti chet tillar fakultetining ingliz tili o‘qituvchisi Go‘zal Utemuratova. – Mashg‘ulotlar doirasida muloqot qilish ko‘nikmasi, mamlakatimiz va dunyoda turizmning o‘ziga xos xususiyatlari kabi dolzarb mavzularda suhbatlashmoqdamiz. Buning samarasida o‘quv jarayoni takomillashtirilmoqda, mashg‘ulotlar interfaol uslublarda o‘tkazilayotgani hisobidan loyiha tobora qiziqarli va samarali bo‘lmoqda. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ingliz tili turizm uchun