O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Qur’oni Karim sahifasining dunyodagi eng katta qo‘lyozmasini qo‘lda ko‘chirish ishlari yakuniga yetdi.

Bu haqda markaz direktori Shoazim Munavvarov ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Ushbu sahifa Boysung‘ur Mirzo tomonidan otasi sulton Shohruh Mirzo uchun maxsus ko‘chirilgan Qur’on sahifasining biroz kattalashtirilgan takroridir.

Sahifani Markaz hattoti, Toshkent Islom instituti bitiruvchisi Najmiddin Fayoziy Nuriddin o‘g‘li 6 oy mobaynida ko‘chirdi. Maxsus qog‘oz Yaponiyadan, buyoqlar Turkiyadan keltirildi va sahifaga o‘zbek oltini suvi bilan hal berildi. Tabarruk sahifa Islom sivilizatsiyasi markazidagi Usmon Qur’oni uchun jihozlanayotgan xonaqodan joy oladi.

Ma’lum qilinishicha, Islom sivilizatsiyasi markazi qo‘lyozma Qur’on sahifasini Ginnes ro‘yxatiga kiritish yuzasidan muzokaralar olib borishga kirishdi.

D. Mamatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qur’oni Karim sahifasining dunyodagi eng katta qo‘lyozmasi yaratildi